Kurbanov Mashxur Amonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum regionida uranni er ostida tanlab eritishda eritmadan yo‘ldosh element reniyni ajratib olish kombinatsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1292.
Ilmiy rahbar: Petuxov Oleg Federovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamatjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: selektiv sorbsiya va ekstraksiya qilish yo‘li bilan er ostida tanlab eritish eritmalaridan reniyni ajratib olishni oshirishga yo‘naltirilgan texnologik echimlarni va yuqori sifatli ammoniy perrenat AR-0 ko‘rinishidagi tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun kombinatsiyalashgan texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor reniy ruda tanalari uran rudasi konturini qayta takror etilishi va reniy uran bilan birgalikda qayta tiklanish bar`erida cho‘kishi aniqlangan;
reniyning er ostida tanlab eritish eritmasidan yo‘ldosh metall sifatida ajratib olish jarayonida uning harakatlarining shakllari tadqiq qilingan, reniy maxsuldor eritmalardagi uran kabi perrenat ioni ReO4- ko‘rinishida anion holatida ekanligi, reniy va uranni birgalikda sorbsiya qilish jarayonining asosiy parametrlari va VO-020 kuchli asosli anionga o‘tkazilishi aniqlangan;
uranni eritmalaridan reniyni selektiv cho‘ktirishda anionni sorbsiya-desorbsiya kinetikasi tadqiq qilingan va ionitning reniyga to‘yinganligi qo‘llaniladigan anionitning asosi va tuzilishi, sorbent tuzilishidagi divinilbenzolning (DVB) asosiy modda konsentratsiyasi, eritmaning rN parametri va eritmalarda nitrit ionlarining konsentratsiyasi, nitrat ionlarining konsentratsiyasi, ularning asosida azot kislotasi disorbatlarini olish bilan reniyga to‘yingan gel tarkibli anionitning sorbsiya-desorbsiya qilishning optimal parametrlariga bog‘liqligi aniqlangan;
noyob metallarni ekstraksiyasi bo‘yicha azot kislotasi desorbatlaridan reniyni konsentratsiyalash usuli va eritmalardan reniyni olishning yangi kombinatsiyalashgan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum regionida uranni er ostida tanlab eritishda eritmadan yo‘ldosh element reniyni ajratib olish kombinatsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarish siklidagi BO-020 makropor strukturali yuqori bazaviy anion almashinadigan qatronlar yordamida uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazib qazib olish jarayonida uran va reniyni qo‘shma sorbsiya qilish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 5-son kon boshqarmasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-06-07/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada reniy tarkibidagi past (1 mg/l dan kam) mahsuldor eritmalarni qayta ishlashga jalb qilish imkonini bergan;
ishlab chiqarish siklidagi uranli eritmalar tarkibidan gelli qatronlar RA-174 yordamida sorbsion qayta ishlash hamda uning eritmasidan reniyni selektiv konsentratsiyalash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 5-son kon boshqarmasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-06-07/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada reniy 0,4 mg/l dan kam bo‘lgan sorbsion eritmlarni qayta ishlashga jalb qilish imkonini bergan;
azot kislotali desorbsiya va olingan desorbatni ekstraksion amin-trutil fosfat-kerosinning ekstraksiya aralashmasidan foydalanib olish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 5-son kon boshqarmasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-06-07/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada ammiakning sarfi kamayishi va nitrat desorbatni birgalikda olish va keyinchalik AR-0 ammoniy perrenatining tayyor mahsulotlarini tayyor mahsulotga qayta ishlash imkonini bergan;
markaziy Qizilqum konlarida uranli-desorbsiya va ekstraksiya yo‘li bilan uranning tanlab eritish usuli bilan eritmalaridan reniyni biriktiruvchi texnologik sxema «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 5-son kon boshqarmasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-06-07/12896-son ma’lumotnomasi). Natijada reniyni eritmalardan ajratib olish darajasi 15,5% dan 20,5% gacha ko‘payishiga erishish imkonini bergan.