Komilova Nargiza O‘rinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Etnoekologik madaniyatning geografik jihatlari (Farg‘ona vodiysi misolida)», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Gr71.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Qodirov Rahimjon Boltaboevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi aholisining tabiatdan foydalanish sohasidagi an’anaviy etnoekologik madaniyatining hududiy jihatlari asosida tabiiy resurslardan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi aholisining etnoekologik madaniyatini shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiat (rel`ef, iqlim), aholi (etnoslar salmog‘i, kasb-kori, markaziy aholi maskani), ho‘jalik (sug‘orish tizimi, qishloq xo‘jaligi erlari va ekin maydonlari tarkibi) omillarining hududiy xususiyatlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi hududi tabiiy resurslardan foydalanish madaniyatni shakllantiruvchi «tabiat-aholi-xo‘jalik» ko‘rsatkichlarni miqdoriy baholash asosida 4 ta etnogeografik mintaqa  va 17 ta etnogeografik rayonlarga ajratilgan;
vodiydagi er-suv resurslaridan foydalanishning 3 ta davrga (1876 yilgacha; 1876–1991 yy.; 1991 yildan keyingi) xos bo‘lgan tabiiy-tashkiliy, tovar-maqsadli, dastur-maqsadli turlari aniqlangan;
vodiyning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi tabiiy resurslardan foydalanishni takomillashtirishda mavjud qadamjolar va geografik nomlarning ijtimoiy-ekologik funksiyasidan foydalanish imkonini beruvchi geografik axborotlar bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysida tabiiy resurslardan foydalanish va etnoekologik madaniyatning ijtimoiy-geografik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi aholisining etnoekologik madaniyatini shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiat, aholi, ho‘jalik omillarining hududiy xususiyatlariga asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida erlarning meliorativ holatini yaxshilash va ekin maydonlarini tashkil etishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2019 yil 25 maydagi 02-08-4003-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi viloyatlari va tumanlarida er resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi ekin maydonlarining hududiy tarkibini takomillashtirish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysida ajratilgan etnogeografik mintaqasi hamda etnogeografik rayonlar to‘ri O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida er fondi, qishloq xo‘jaligi erlari va ekin maydonlarini rejalashtirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2019 yil 25 maydagi 02-08-4003-son ma’lumotnomasi). Natijada vodiydagi er toifalari, er turlari va ekin maydonlarining hududiy tarkibini ijtimoiy geografik nuqtai nazardan optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
vodiy viloyatlaridagi er-suv resurslaridan foydalanishning 3 ta davrga xos bo‘lgan tabiiy-tashkiliy, tovar-maqsadli, dastur-maqsadli turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida qishloq xo‘jaligi erlari va ekin maydonlari tarkibini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2019 yil 25 maydagi 02-08-4003-son ma’lumotnomasi). Natijada er-suvdan foydalanishning hudud uchun xos bo‘lgan mahalliy usullarini takomillashtirish asosida erlarning meliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan erlar hududiy tarkibini takomillashtirishda muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar hamda geografik nomlarning ijtimoiy-ekologik funksiyasidan foydalanish imkonini beruvchi geografik axborotlar bazasidan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida alohida muhofaza etiladigan hududlar to‘rini takomillashtirishda, rekreatsiya ob’ektlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 02-02/8-1048-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘rini ilmiy asoslangan holda kengaytirish, rekreatsiya  va ziyorat turizmini rivojlantirish, rekreatsiya ob’ektlarini muhofaza qilish tadbirlarini ilmiy asosda tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish