Mamatqulov Zuxridin Urmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tikanli qovul (Capparis spinosa L.) o‘simligi asosida biologik faol qo‘shimcha texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far28.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Hakim Rahmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Karimova Sevara Abbasovna, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tikanli qovul (Capparis spinosa L.) o‘simligi bargi va gulidan quruq ekstrakt olish hamda kapsula shakldagi BFQ tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy dorivor o‘simlik – tikanli qovul bargidan biologik faol moddalar majmuasini saqlovchi gepatoprotektor ta’sirga ega quruq ekstrakt texnologiyasi ishlab chiqilgan;
quruq ekstraktning aminokislota va element tarkibi aniqlangan;
ilk bor tikanli qovul o‘simligi quruq ekstrakti asosida kapsula dori turining ilmiy asoslangan tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tikanli qovul o‘simligi quruq ekstrakti, undan olingan kapsula dori turining sifat me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikanli qovul (Capparis spinosa L.) quruq ekstrakti va kapsula texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan quruq ekstraktga Texnik shartlar «Uzstandart» agentligi tomonidan (Ts 25404342-008:2019) va Texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 25404342-008:2019). Natijada gepatoprotektor xususiyatiga ega biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
tikanli qovul o‘simligi quruq ekstraktiga ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha tajriba-sanoat reglamenti (OPR – 04156-224538-2019) «MARJON GLOBAL» MChJ mahalliy farmatsevtik korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida gepatoprotektor xususiyatga ega biologik faol qo‘shimcha uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
tikanli qovul quruq ekstrakti uchun spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada gepatoprotektor xususiyatli ishonchli faollikga ega va bezarar vositani ishlab chiqarish imkonini bergan.