Bekmurodov Abdujabbor Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati anor agrotsenozlari fitonematodalarining ekologik-faunistik tahlili va parazit turlariga qarshi integrallashgan kurash choralarini ishlab chiqish», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B193.
Ilmiy rahbar: Xurramov Shukur Xurramovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kojevnikova Aleftina Grigor`evna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati anor agrotsenozlari fitonematodalarining faunistik holatini baholash, fitonematodalarning anor o‘simligi ildizi va ildiz atrofidagi tuproqda tarqalish xususiyatlarini ochib berish, parazit turlarni aniqlash va ularga qarshi integrallashgan kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor o‘simligi va uning ildizi atrofidagi tuproqda tarqalgan 98 turga mansub fitonematodalarning ro‘yxati tuzilgan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun Xiphinema opisthohysterum turi hamda 24 tur fitonematodalar anor agrotsenozlarida aniqlangan;
turlar va individlar sonining ekologik omillar ta’sirida o‘zgarish dinamikasi xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor dala sharoitida anor agrotsenozlarining bo‘rtma nematodalariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyati anor agrotsenozlari fitonematodalarining ekologik-faunistik tahlili va parazit turlariga qarshi integrallashgan kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati anor agrotsenozlari nematodafaunasiga doir 98 turga mansub 452 nusxa namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 iyundagi 4/1255-1798-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiya fondini boyitish, fitonematodalar taksonomik tarkibini aniqlash va qiyosiy tahlil o‘tkazish imkonini bergan;
anor o‘simligi parazit fitonematodalariga qarshi Vidat L. 24% preparatini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar (100-150 ml/m2 normada) Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “ZAMIN NAMUNA TERMIZ” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2019 yil 6 maydagi 464-109-son ma’lumotnomasi). Natijada parazit fitonematodalarga nisbatan 98,9 % biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
anor o‘simligi parazit fitonematodalariga qarshi solyarizatsiya usulini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2019 yil 6 maydagi 464-109-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usul parazit fitonematodalarga nisbatan polietilen pleyonka yordamida 99,6 %, ochiq maydonda esa 99,5 % biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan.