Eshkuvatov Abriy Kazimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi omillar ta’sirida bug‘doy belgilaridagi o‘zgaruvchanlik va determinatsiyalanganlik darajasining biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/B137.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.28.06.2018.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Xadjaeva Nasiba Jo‘rakulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Yormatova Dilarom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi bug‘doy belgilari ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligini o‘zaro korrelyasion bog‘langanlik darajasi, tuzilishi hamda determinatsiyalanganligiga tashqi omillarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatining tuproq iqlim sharoitida kuzgi bug‘doyning biologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar darajasi, tuzilishi, o‘zgaruvchanligi hamda determinatsiyalanganligi aniqlangan;
ekish muddatini kech amalga oshirish hamda ekish me’yorining ortib borishi kuzgi bug‘doy navlarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini ifodalovchi belgilari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar darajasining ortishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning boshoq og‘irligi kuchli determinatsiyalanishi va uzunligining barqaror bo‘lishi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlariga bog‘liqligi aniqlangan;
Sirdaryo viloyati sharoiti uchun kuzgi bug‘doy navlarini optimal ekish muddati va me’yorlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doy biologik belgilari ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligini o‘zaro korrelyasion bog‘langanlik darajasi, tuzilishi hamda determinatsiyalanganligiga tashqi omillarning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi omillarni bug‘doyning biologik belgilari o‘zgaruvchanligiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalaridan A-9-26 raqamli “Sho‘rlangan tuproq sharoitida donli ekinlarning o‘sishi, rivojlanishini avjlantiruvchi va patogenlariga samarali ta’sir etuvchi preparatlar yaratish” mavzusidagi loyihada bug‘doyning o‘sish-rivojlanishida preparatlarning ta’sirida fiziologik va biokimyoviy o‘zgaruvchanliklarni aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 martdagi 89-03-921-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida bioregulyatorlarning ta’sirida morfologik belgilar o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishilarni tahlil qilish imkonini bergan;
abiotik omillar ta’sirida bug‘doy to‘qimalarida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni ifodalovchi belgilarning o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha olingan natijalardan A-9-57 raqamli “Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini tahlili va sho‘rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish” mavzusidagi loyihada o‘simliklarning sho‘rga chidamli belgilari o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishlar hamda belgilarning o‘zgaruvchanlik va determinatsiyalanganlik xususiyatlarini tahlil qilishda foydalangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 martdagi 89-03-921-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklar belgilari o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishlar hamda belgilarining o‘zgaruvchanligi va determinatsiyalanganligi asosida innovatsion takliflar tayyorlash imkonini bergan;
bug‘doy navlarini fiziologik xususiyatlariga ko‘ra ekish muddati va me’yori Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 maydagi 02/021-272-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doy doni hosildorligi va hosil sifatini oshirish imkonini bergan.