Ruziev Ulugbek Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Edirilishga yuqori chidamli WC-VC-Co sistemali qattiq qotishmalar yaratish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi; 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T633. 
Ilmiy rahbar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turopovich, kimyo fanlari doktori, professor; Axmedov Rovshan Karimovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston  Milliy unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VK-6 qattiq qotishmasini vanadiy karbidi yoki reniy bilan legirlash orqali modifikatsiyalash va qotishma tarkibiy qismlarini nano-tuzilishli qilish uchun xomashyoni qayta tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
WC-Co sistemali qattiq qotishmalarning o‘xshash qotishmalarga nisbatan kam emirilishining taxminiy sabablari aniqlangan;
VK-6 qotishmasi misolida uni vanadiy karbidi bilan 1-16%, reniy karbidi bilan 1-3% konsentratsiyalar oralig‘ida legirlash yo‘li orqali vol`fram karbid-kobal`t sistemali qattiq qotishma  modifikatsiya qilib,  WC-Co-VC, WC-Co-ReC sistemalari olingan;
VK-6 qattiq qotishma tarkibiga VC: 1-16% og‘irlik qismda kiritilishi, qotishmani nano-tuzilishga ega bo‘lishi uning qattiqligini 2%ga, qattiq materiallarga edirilish chidamliligini 33–90% ga oshirishi aniqlangan;
VK-6 turidagi qattiq qotishma olishdagi xomashyo – ammoniy paravol`framatni qo‘shimcha tozalash, uni nano-tuzilishiga yordam berishi asnosida edirilishga chidamliligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
VK-6 QQ ni VC va ReC bilan legirlash hamda xomashyoni qayta tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
VK-6 qattiq qotishmasi ishlab chiqarish xomashyosini qayta tozalash va nano-tuzilishli qilish texnologiyasini yaratish bo‘yicha IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida «Olmaliq KMK» AJ bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2016 yil 13 mayda 1956-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada qattiq qotishmalarni modifikatsiya qilish va chidamliligini oshirish imkonini bergan;
VK-6 qattiq qotishmasini Vanadiy bilan legirlash texnologiyasi «Olmaliq KMK»da amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 20 noyabrdagi 71-2000-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotlarni qattiqligi 3% ga, VK-6 qattiq qotishmalarining edirilishga chidamliligini 33–50% ga oshirish imkonini bergan;
VK-6 qattiq qotishmasini Reniy bilan legirlash texnologiyasi «Olmaliq KMK»da amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 20 noyabrdagi 71-2000-son ma’lumotnomasi). Natijada qattiq qotishmalari WC-Co sistemasidagi VK-6 qotishmasiga qaraganda taxminan 3% qattiqlik va 35% edirilishga chidash imkoniyati yaratilgan;
WC-ReC-Co sistemasidagi vol`fram xomashyosini qayta kristallash orqali qo‘shimcha tozalash texnologiyasi «Olmaliq KMK»da amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 20 noyabrdagi 71-2000-son ma’lumotnomasi.) Natijada qattiq qotishmalari WC-Co sistemasidagi VK-6 qotishmasiga qaraganda taxminan 3% qattiqlik va 65,3% edirilishga chidash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish