Raximov Matnazar Shomurotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoli-sharqiy O‘zbekiston kollembolalar turkumi faunasi, tarqalish xususiyatlari va ekologiyasi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/V96.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xo‘jamurod Hamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Izzatulaev Zuvaydullo Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Jumanov Muratbay Arepbevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrotsenozlari va tabiiy ekosistemalari tuproq qatlamlaridagi kollembolalarning turlar xilma-xilligini aniqlash va ularning tuproq qatlamlarida tarqalishi hamda ekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shimoli-sharqiy O‘zbekiston sharoitida kollembolalar turkumi turlarining xilma-xilligi va agrotsenozlar hamda tabiiy ekosistema tuproqlarida kollembolalarning faunistik komplekslari aniqlangan;
shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrotsenozlari hamda tabiiy ekosistema tuproqlarida kollembolalarning 8 oilaga mansub 49 turi, shulardan 40 tur O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur sifatida aniqlangan;
saprofag kollembolalarning morfologik xususiyatlari ochib berilgan;
agrotsenozlar va tabiiy ekosistemalarda kollembolalarning dominant turlari aniqlangan;
kollembolalar turlar tarkibining mavsumiy o‘zgarishlarining xususiyatlari ochib berilgan;
agrotsenozlar va tabiiy ekosistema tuproqlarida kollembolalarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining mavsumiy dinamikasi asoslangan;
turli biotoplar kollembolalar turlari va miqdori qiyosiy tahlil qilingan, ularning o‘xshash va farqli tomonlari ochib berilgan;
shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrotsenozlari va tabiiy ekosistema tuproqlaridagi kollembolalar jamoasining giperedafon, epiedafon, gemiedafon va euedafon guruhlariga xos bo‘lgan morfologik va ekologik xususiyatlari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoli-sharqiy O‘zbekiston kollembolalar turkumi faunasi tarqalish xususiyatlari va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
kollembolalarning faunasi, tarqalish xususiyatlari va ekologiyasiga oid ma’lumotlar Toshkent viloyati Parkent va Bekobod tumanlari fermer xo‘jaliklari agrotsenozida atrof-muhitning texnogen ifloslanishini bioindikatsiya qilish, ekologik holatni baholashda hamda kollembolalarning yillik va mavsumiy ko‘payishini bashorat qilishda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 13 avgustdagi 02/025-1748-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlarda agrotsenozlar va tabiiy ekosistema tuproqlarining kollembolalar turkumi biologik xilma-xilligini monitoring qilish va ulardan samarali foydalanish tuproqlar holatini baholash imkonini bergan;
kollembolalar faunasi, tarqalishi va ekologiyasi bo‘yicha olingan natijalar Shimoli-sharqiy O‘zbekiston hududida kollembolalar turkumiga mansub umurtqasiz hayvonlarni monitoring qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 apreldagi 03-03/1-1822-son ma’lumotnomasi). Natijada kollembolalar turkumi turlarining biologik xilma-xilligini va zamonaviy holatini baholash imkonini bergan;
49 tur kollembolalarning 13 ta dominant turi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida hududning holatini bioindikatsiya qilish uchun indikator sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 apreldagi 03-03/1-1822-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlarda kollembolalarning dominant turlar barqarorligi biotsenozlarning tuzilishi va funksiyasining turg‘un kechayotganligini bilish imkonini bergan;
shimoliy-sharqiy O‘zbekiston hududida tarqalgan kollembola turkumiga mansub 49 turning nusxalari, namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 11 iyuldagi 4/1255-1936-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kolleksiya namunalari kollembola - Collembola turkumining tur tarkibini aniqlash, turkumning morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini va tuproqlarni diagnostika qilishdagi roli yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilish imkonini bergan.