Zokirov Islomjon Ilxomjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Farg‘onaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari faunasi va ekologiyasi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/B74.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xo‘jamurot Hamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Izzatulaev Zuvaydullo Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘onaning sabzavot-poliz agrotsenozlarida uchrovchi hasharotlar tur tarkibini aniqlash va ularni ekologik-faunistik jihatdan tahlil etish, muhim invaziv turlar populyasiyasini boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Farg‘onaning sabzavot-poliz ekinlarining hasharotlari faunasi aniqlanib, 7 turkum 32 oilaning 113 avlodiga mansub 155 tur va kenja turdan iborat fitofaglar, shuningdek, 5 turkum 18 oilaning 52 ta avlodiga mansub 72 tur entomofaglar aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston entomofaunasi uchun hasharotlarning 1 tur va 1 ta kenja turi aniqlangan hamda Markaziy Farg‘ona mintaqasida ilk marta qayd etilgan turlar 14 ta avlodga mansub 17 tur va 2 ta kenja turni tashkil etgan hamda shulardan 6 turi sabzavot-poliz uchun jiddiy xavf soluvchi invaziv va karantin turlar ekanligi isbotlangan;
hasharotlarning ozuqa spektri va o‘simliklar bilan biotsenotik aloqalari asoslangan;
adventiv va invaziv turlarning Farg‘ona vodiysi bo‘ylab tarqalish xususiyatlari izohlab berilgan hamda xaritalari tuzilgan;
invaziv turlar bioekologik xususiyatlari asosida ularning fenologik kalendarlari ishlab chiqilgan;
turli agrobiotsenozlarda fitofaglarning o‘simlikdan foydalanish xususiyatlari ekologik-faunistik jihatdan tahlil etilib, fitofaglar sabzavot-poliz ekinlarida oziqlanishiga ko‘ra 5 ta, ozuqa o‘simligidan foydalanish xususiyatlariga ko‘ra 3 ta hamda yashash tarzi bo‘yicha 4 ta ekologik guruhlari asoslangan;
hasharotlarning “fitofag-xo‘jayinlik”ka morfoekologik jihatdan moslanish xususiyatlari hamda “fitofag-xo‘jayin” va “entomofag-xo‘jayin” tizimlarining koevolyusiyasi ochib berilgan;
hasharotlarning ommaviy ko‘payishi, zararkunanda turlarning populyasiya miqdor zichligi mavsumiy o‘zgarishlari regression tahlil etilgan hamda ularning o‘simlikka ta’sir darajasini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
zararkunanda hasharotlar populyasiyasini boshqarish va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Farg‘onaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari  faunasi  va  ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sabzavot-poliz agrotsenozlarida uchrovchi hasharotlarning 4 turkumiga tegishli bo‘lgan 19 oila 73 tur va kenja turiga mansub 234 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 22 avgustdagi 4/1255-2292-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar hasharotlar kolleksiyasi fondini boyitgan va turlar xilma-xilligini aniqlash hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan;
Farg‘ona viloyati hududlarida kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella (Zeller)) va pomidor kuyasi (Tuta absoluta Mey.) ning sabzavot ekinlarida tarqalishiga oid olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 3/1938-son ma’lumotnomasi). Natijada inspeksiya tomonidan mazkur turlarning Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Bag‘dod tumanlarida tarqalganligini aniqlash va ularga qarshi kurash ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda hasharotning boshqa hududlarga tarqalishining oldini olish imkonini bergan;
o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish sohasidagi vakolatlariga doir ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qonunchilik amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 24 yanvardagi 04/4-05-82-son hamda 2019 yil 17 sentyabrdagi 04/4-05-133-son ma’lumotnomalari). Natijada 30.07.2018 yilda №O‘RQ-489-son “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) ning 22, 23 va 29-moddalari hamda 06.09.2019 yilda №O‘RQ-303-son “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) ning 4, 10, 11 va 22-moddalarini takomillashtirish imkonini bergan;
kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella (Zeller, 1873)), pomidor kuyasi (Tuta obsoluta (Meyrick, 1917)) hamda qovun pashshasining (Myiopardalis pardalina Bigot, 1891) Farg‘ona vodiysi hududida tarqalish yo‘nalishlari va xaritasi, ularning keyingi yillar uchun bashoratlash bo‘yicha olingan natijalar “O‘zagrokimyohimoya” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 1 noyabrdagi 04-12/1032-son ma’lumotnomasi). Natijada keyingi yillarda zararkunandalarning boshqa hududlarda tarqalishining oldini olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan;
dala sharoitida qovun pashshasiga qarshi kurashda Desis - 2,5% em.k. 0,1-0,15 l/ga, Sumi-Al`fa - 5% em.k. 0,25 l/ga va kolorado qo‘ng‘iziga qarshi Desis - 2,5% em.k. 0,5 l/ga, Fufanon - 57% em.k. 1,0 l/ga sarf me’yorida qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi sabzavot-polizchilikka ixtisoslashgan “Guliston” MMTP, “Yozyovon LX” va “Nurli chashma jilvasi” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 1 noyabrdagi 04-12/1032-son ma’lumotnomasi). Natijada kolorado qo‘ng‘iziga nisbatan 71,8-87,2% va qovun pashshasiga nisbatan 70-94,7% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish