Mutalova Mamura Karimjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning tetraploid turlaridan seleksiya uchun yangi donorlar yaratishdada kariologik uslubdan foydalanish», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V336.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Abdumavlon Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaliev Xakimjon, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich turlar kariotiplarining o‘xshashlik yoki farqlanish darajasini, ularning turlararo duragaylar va mikrosporogenezga ta’sirini aniqlash hamda seleksion ishlarda foydalanish uchun qimmatli biotiplarni ajratib olishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor kariologik ma’lumotlar asosida olingan duragaylar va amfiploidlarning morfobiologik, sitologik tadqiqot natijalari aniqlangan;
boshlang‘ich shakllar, duragaylar va poliploidlar xromosomalarining idiorammalarining qiyosiy tahlil natijalari aniqlangan;
boshlang‘ich shakllar va duragaylar  kariotiplarining strukturasi mikrosporogenez jarayoni buzilish darajasining chang donachalari shakllanishiga va tuzilishiga ta’siri aniqlangan;  
g‘o‘zada duragaylash va eksperimental poliploidiyaning natijalari duragaylash paytida ota-ona shakllar kariotiplarining (idiogramma) tuzilishiga bog‘liqligi  isbotlangan;
ilk bor kariologik ma’lumotlar asosida, g‘o‘zada hayotchan duragay shakllar olish mumkinligini bashorat qilish ilmiy-amaliy jihatdan isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘zaning tetraploid turlaridan seleksiya uchun yangi donorlar yaratishda kariologik uslubdan foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tezpishar, tola chiqimi va uzunligi yuqori bo‘lgan o‘rta tolali L-218, L-252 va L-260 tizmalarni donor sifatida “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019 yil 11 apreldagi 4/1255-1137-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu noyob shakllar g‘o‘zaning dunyoviy genofondini boyitish hamda kolleksion namunalar bo‘yicha elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan;
g‘o‘zaning yovvoyi tetraploid turlaridan kariologik uslubda aniqlangan xromosomalar mutanosibligidan FA-A8-T026 raqamli “Dunyo g‘o‘za genofondi tetraploid turlari navlarining xilma-xilligini o‘rganish, xo‘jalik va biologik xususiyatlariga hamda seleksiyaviy potensialiga baho berish” mavzusidagi fundamental loyihada tetraploid turlar va namunalarning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini genetik-seleksion baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019 yil 11 apreldagi 4/1255-1137-son ma’lumotnomasi). Natijada tetraploid turlar navlari xilma-xilligining qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha genetik-seleksiya ishlari uchun tezpishar, yuqori hosilli donorlar ajratib olish imkonni bergan;
g‘o‘zaning turichi geografik uzoq shakllarni L-6161 x 75007-3 chatishtirish yo‘li bilan yaratilgan O‘zFA-709 navi Davlat nav sinash komissiyasining «gruntkontrol» ko‘chatzorida  amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 avgustdagi 02/020-1674-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zFA-709 navining qimmatli xo‘jalik belgilari andoza navlarga nisbatan tezpisharligi, serhosilligi,tola chiqimi va sifati yuqoriligi hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish