Xusainova Rayxona Ashrafovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sefalosporin qator antibiotiklarining sifatini nazorat qilish va standartlash usullarini ishlab chiqish», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Far11.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Ibrogimov Abdulla Yakubovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Tuxtaev Xakim Raxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Boboev Issomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sefalosporin qator antibiotik dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash uchun ilmiy asoslangan zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli korxonalarda ishlab chiqariladigan sefalosporin qator dori preparatlarining IQ-spektrlari atlasi tuzilgan va IQ-spektrlarning interpretatsiyalanib, qattiq fazada sefalosporin molekulalarining svitterion ko‘rinishida mavjud bo‘lishi asoslangan;
sefalosporinlarning UB-spektrlariga erituvchilar va muhitning rN ta’siri, sefalosporin dori moddalari va dori preparatlarini UB spektrofotometriya yordamida chinligi aniqlangan va miqdoriy tahlil usuli ishlab chiqilgan hamda turli sharoitlarda olingan sefalosporinlarning UB-spektrlari atlasi tuzilgan;
dori moddalari va dori vositalarining tahlili uchun YuQX, YuSSX va YuQX-MS usullari ishlab chiqilgan hamda sefalosporinlarni ko‘rsatilgan usullarda tahlilini olib borish uchun qo‘zg‘aluvchan fazalar ta’siri aniqlanib, foydalanish imkoni mavjudligi isbotlangan;
ilk bor sefalosporinlar sifatini nazorat qilish uchun unifisirlangan uslublari, jumladan chinligini aniqlashda YuQX usuli, yot aralashmalarni aniqlash va miqdoriy tahlili uchun YuSSX va YuSSX-MS usullari ishlab chiqilgan;
GSX usuli uchun xromatografiyalash sharoitlari va namunani tayyorlash talablari asoslangan hamda «Aseton», «dixlormetan», «etanol», «metanol», «N,N-dimetilanilin», «2-etilgeksanovaya kislota» va «trietilamin» kabi qoldiq erituvchilarni aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
IK spektroskopiya, xomatografiya usullari va sifat reaksiyalar yordamida qalbakilashtirilgan dori vositalarini aniqlashning kompleks yondashish tamoyillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sefalosporin qator dori vositalarini standartlash va sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan «Vitakson» 0,5 yoki 1,0 g (KFM 42 Uz-16327128-0760-2014), «Intralin» 0,5 yoki 1,0 g (KFM 42 Uz-16327128-0761-2014), «Seffast» 0,5 yoki 1,0 g in’eksion eritmasini tayyorlash uchun kukunlarga (KFM 42 Uz-16327128-0762-2014) tibbiyotda qo‘llashga ruxsat berilgan. Natijada nisbatan bezarar, arzon va yuqori samarali sefalosporinlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
sefalosporin qator antibiotiklar tahlilida ishlatiladigan analitik usullarini validatsion ko‘rsatkichlarga oid ko‘rsatmalarning master-reja va protokollarni tuzish asosida «5510500-farmatsiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Guvohnoma, №26-108). Natijada bakalavrlarning standartlash sohasidagi bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan;
sefalasporin qator antibiotiklar sifatini nazorat qilish va standartlash asosida olib borilgan tadqiqotlar va qo‘llanilgan zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Farmatsiya tarmog‘ini rivojlantirish agentligi DAKning O‘zbekiston Respublikasining Milliy farmakopeyasining II bo‘limiga kiritilishi haqida qaror olingan (Farmatsiya tarmog‘ini rivojlantirish agentligi DAKning 2019 yil 2 dekabrdagi 25-01/3142-son xati). Natijada sefalosporin qator dori vositalarining tahlilini olib borish imkonini bergan.