Djabbarov Nurilla Abdumaxsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rux saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar tarkibi va texnologiyasi», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far24.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Yunusxodjaeva Xamida Ganisherovna, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: topinambur (Helianthus tuberosus L.), yapon soforasi (Sophora japonica L.) va qora sedana (Nigella Sativa L.) asosida biologik faol qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy sirkulyasion usulni qo‘llab, topinambur va yapon soforasidan quruq ekstraktlar olingan;
ilk bor sedana urug‘idan suyultirilgan SO2 gazidan foydalanib, uning ekstrakti olingan;
olingan ekstraktlar asosida tarkibi rux elementi bilan to‘yintirilgan «Biodetoks», «Nigelit» biologik faol qo‘shimchalari va «Nigeprost» dori turining tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan ekstraktlar va «Biodetoks», «Nigelit» biologik faol qo‘shimchalari va «Nigeprost» dori turi tarkibidagi biologik faol moddalarning miqdori aniqlangan;
olingan barcha kapsulalarning saqlash sharoitlari aniqlanib, yaroqlilik muddatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rux elementi bilan to‘yintirilgan preparatlarning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Biodetoks» biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan (Ts 23937838-36:2019) va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidimiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 23937838-36:2019). Natijada farmatsevtika sanoati uchun topinambur tuganaklaridan zamonaviy sirkulyasion usulda olingan quruq ekstrakt asosida «Biodetoks» kapsulalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Nigelit» biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan (Ts 23937838-35:2019) va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidimiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 23937838-35:2019). Natijada farmatsevtika sanoati uchun sedana urug‘lari asosida xorijiy davlatlardan import qilinayotgan qo‘shimchalar ulushini kamaytirish, mahalliy biologik faol qo‘shimchalar assortimentini kengaytirish maqsadida «Nigelit» kapsulalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Nigeprost» kapsulalari uchun korxona farmakopeya maqolalari «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil
8 fevraldagi 251-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi mahalliy xomashyo asosida yaratilgan, iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan prostatitga qarshi ta’sir etuvchi preparatlar olish imkonini beradi.