Abrarova Ziyoda Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akrilonitrildan akril kislotasi sintezi va u asosidagi superabsorbentlar», 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K122.
Ilmiy rahbar: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSs.27.06.2017.K/FM/T.36.01. 
Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafiqov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilonitrildan akril kislotasini sintez qilish, uni chuqur konversiya darajasiga qadar radikal polimerlanish kinetikasini hamda u asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi samarali usul yordamida akrilonitrildan akril kislotasi sintez qilingan va jarayonning borishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
akril kislotasini chuqur konversiya darajasiga qadar polimerlash orqali uch o‘lchamli strukturaga ega poliakril kislotasi sintez qilingan;
fazoviy tikilgan strukturalarning shakllanish xususiyatlari va jarayonini boshqarish usullari hamda radikal polimerlanish jarayonida tikuvchi agent ishtirokisiz uch o‘lchamli tuzilishdagi makromolekula olish uchun inisiatorning tabiati ta’siri muhimligi aniqlangan;
ilk bor radikal polimerlanish jaryonida reaksion aralashmaga 0,25–1% xitozan qo‘shish bilan poliakril kislotasining strukturlanishini samarali boshqarish mumkinligi isbotlangan;
xitozanning reaksion sistemada mavjudligi strukturani shakllanish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirib, tikilgan strukturalarni tartibga soluvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Akrilonitrildan akril kislotasi sintezi va u asosidagi superabsorbentlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
akrilonitrildan akril kislota olish texnologiyasi «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2019 yil 18 noyabrdagi 03/10877-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi sanitar-gigienik buyumlar olishda yangi mahalliy mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan;
akril kislotasining chuqur konversiyaga qadar radikal polimerlanish usullaridan PZ-20170925290+PZ-2017092965+PZ-20170927395 raqamli «Mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish va ularni sanoat chiqindirlaridan rangli va kamyob metallarni sorbsiyalashda qo‘llash» mavzusidagi amaliy loyihasida poliakril kislotasining fazoviy tikilgan strukturalarning shakllanishini samarali tartibga solishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 noyabrdagi 89-03-4477-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori selektivlikka ega bo‘lgan tikilgan gelsimon ionitlar olish jarayonini mukammallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish