Xudayberdiev Absalom Abdurasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglevodorod xomashyosini quvurli uskunalarda qizdirish jarayonini jadallashtirish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T79.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Igamberdi Muxtarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «OʻZLITINEFTEGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglevodorod xomashyosini quvurli uskunalarda qizdirish jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorod xomashyosini qizdirish jarayonida suvsizlantirilgan distillyat fraksiyalari bug‘laridan foydalanish samaradorligi isbotlangan;
quvurlardagi xomashyo harorati, tarkibi va sarfini hamda quvurlar orasi bo‘shlig‘idagi bug‘ bosimi va namligini qurilmalarda issiqlik berish samaradorligiga ta’siri aniqlangan; 
uglevodorod xomashyosi harorati va issiqlik berish (uzatish) koeffisientlarini qizdirgichlarning quvurlari uzunligi bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan; 
xomashyoni suv va uglevodorod bug‘laridan foydalanib, qizdirilgan holatlarda issiqlik berish (uzatish) koeffisientlarining nisbatlari o‘rnatilgan; 
suvsizlantirilgan distillyat fraksiyalari bug‘lari va markazdan qochma kuch maydoni ta’siridan foydalanib, xomashyoni quvurli qurilmalarda qizdirish jarayonini jadallashtirish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uglevodorod xomashyosini quvurli uskunalarda qizdirish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Buxoro NQIK gazoylni gidrotozalash uskunasi texnologik reglamentining (TR 16472899-003:2010) 4.2-bandiga o‘zgartirish kiritilib, «O‘zbekneftegaz» MXK tarmoq standarti (TSt 39/0-014:2007) 6.3.1-bandiga asosan «O‘zneftmahsulot» AJ tomonidan tasdiqlangan. Natijada korxona standarti KSt 16472899-027 bo‘yicha gidrotozalangan sifatli dizel` yonilg‘isi ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish imkonini bergan;
xomashyoni suvsizlantirilgan distillyat fraksiyalarini qo‘llab qizdirish uslubi Buxoro NQIKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 30 aprelidagi 62/12-1-89-son hamda «O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 26 fevraldagi 20/11-132-son ma’lumotnomalari). Natijada texnologik jarayonni 10÷46%ga tezlashtirish, qurilmalar foydali ishchi hajmini 2,5%ga orttirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish imkonini bergan;
yaratilgan qobiq-quvurli qurilma Buxoro NQIK gazoylni gidrotozalash uskunasida reaktordan chiqarilayotgan dizel` yonilg‘isi issiqligi bilan gazoylni qizdirish uchun amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 26 fevralidagi 20/11-132-son ma’lumotnomasi). Natijada gazoylni reaktor pechiga kirishdagi harorati ko‘tarilgan (70oS), yoqilayotgan texnologik gaz miqdorini kamaytirish (0,3 kg/t) va dizel` yonilg‘isini sovituvchi ikkita AVO qurilmalariga berilayotgan elektr energiyasi sarfini qisqartirish (0,41 kVt/t) imkonini bergan;
gazoylni gidrotozalash uskunasining takomillashtirilgan texnologik tizimi Buxoro NQIKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 26 fevraldagi 20/11-132-son ma’lumotnomasi). Natijada uskunaga kiritilayotgan gazoyl haroratini qo‘shimcha 19oS ga ko‘tarish, tizim tarkibiga kiruvchi qizdirgichlardagi gidrodinamik va issiqlik rejimlarini yaxshilash, ular o‘rtasida «haroratlar farqi» hosil bo‘lish xavfini bartaraf etish va uskunaning ish unumdorligini oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish