Muxtorov Nuriddin Shamshidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polialkilmetakrilatlar yordamida moylar va dizel` yoqilg‘isining yangi tarkibini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T161.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.30.08.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maxsumova Aytura Siddikovna, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energiya tejamkor va chiqindilarsiz texnologiya bilan olingan polimetakrilat qo‘ndirmalaridan foydalangan holda moylar va yoqilg‘ilarning yangi tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polimetakrilat monomerlarini olish maqsadida 70–100ºS haroratda 63/75 neft` erituvchisidan azeotroplovchi agent sifatida foydalanib, katalizator – natriy borgidridi yordamida metil metakrilatning tegishli yog‘ spirtlari bilan qayta eterifikatsiya qilingan;
moylar uchun depressor sifatida qo‘llaniladigan alkil metakrilatlar radikallarining maqbul uzunligi S12-18 ekanligi aniqlangan;
polialkil metakrilatlar polidisperslik xususiyatining moylar depressor qo‘ndirmalarining ishlash xususiyatlariga ta’siri isbotlangan;
qo‘ndirmaning polidispersligini nazorat qilish yo‘li bilan uning moylardagi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida reaktorga xomashyoni etkazib berish usuli yaratilgan;
ko‘rsatilgan quyuqlashtiruvchi polimerlar molekulalarining shishalanish haroratining pasayishi, ularning past haroratlarda quyuqlashtirilayotgan moyga termodinamik yaqinligining oshishiga, bu esa quyuqlashgan moyning qovushqoqligini oshishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
turli xil tabiatli qo‘ndirmalar ta’sir mexanizmlari farqi aniqlanib, etilen vinilatsetat sopolimerlariga asoslangan depressorlar n-alkanlar bilan birgalikda kristallanishi va eng tez o‘sadigan kristall tomonini to‘sib qo‘yishi, polialkil metakrilat esa sekin o‘sib boradigan n-alkan kristallari yuzasida adsorbsiyalanishi va kristallarning sekin o‘suvchi tomonlarini blokirovka qilishi aniqlangan;
ilk bor alkil metakrilatlar asosidagi moylarni deparafinlash jarayonini jadallashtirishga yordam beruvchi parafin kristallarining modifikatori (PKM) ishlab chiqilgan;
PKM ta’sirida kristallar igna shaklini olishi, bu esa ularni fil`trlashni sezilarli darajada osonlashtirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alkil metakrilatlar yordamida moy va yoqilg‘ining yangi tarkiblarini tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoqilg‘i kompozisiyasi tarkibiga kiruvchi parafin dispergatori va uni olish usuliga Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk bo‘yicha federal xizmatining patenti olingan (№ RU 2561279 C1. 2014 yil). Natijada ishlab chiqilgan parafin dispergatori Buxoro NQIZ dizel` yoqilg‘isining sovuq saqlash sharoitida sedimentatsion barqarorligini ta’minlash imkonini bergan;
buksli va motor-o‘qli birikmalar uchun o‘q moyi olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05355, 2017 y.). Natijada moyning eyilishga qarshi va past harorat xususiyatlarini yaxshilash imkonini bergan.
buksli va motor-o‘qli uzellar uchun surkov moyi olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05694, 2018 y.). Natijada qishki sharoitda qo‘llash uchun o‘q moyini olish imkonini bergan;
polialkil metakrilatlar yordamida moylar uchun depressor ko‘ndirmasi va parafin kristallarining modifikatorining ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 27 noyabrdagi 03/17-1/750-son ma’lumotnomasi). Natijada deparafinizatsiya jarayoni jadallashib, parafinsizlashgan moyning ishlab chiqarish hajmini 0,8% mas.ga oshirish imkonini bergan.