Qodirova Mohidilxon Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutum L. turining turli genotipli shakllari duragaylarida morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi qonuniyatlari», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B32.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Izzatulla Tilavovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01. 
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amanov Baxtiyar Xushbaktovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G.hirsutum L.ning turlicha geneologiyali shakllari duragaylarida morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi asosida genotiplarni boyitish, L-500 liniyasining populyasion tarkibini aniqlash va nav darajasiga etkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G.hirsutum L. turining turlicha geneologiyali “Kelajak”, “Namangan-77”, “Ko‘paysin”, “O‘zFA-705”, “O‘zFA-713 (L-500)” va “75007-11” navlarining chatishuvchanligi hamda ularning duragaylari asosida morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanish darajasi aniqlangan; 
F2 o‘simliklar populyasiyasida morfo-xo‘jalik belgilarning yuqori ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassam qilgan qimmatli rekombinantlarning genotipik va seleksion imkoniyatlari ochib berilgan va qimmatli shakllar ajratib olingan;
F3 populyasiyasidan morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha ajratib olingan oilalarning genotipik xususiyatlari, seleksion qiymati va imkoniyatlari ochib berilgan;
ajratib olingan oilalarning morfo-xo‘jalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha shakllanish darajasi hamda oilalardagi populyasiyalarning genotipik xususiyatlari aniqlangan va yangi liniyalar olingan;
g‘o‘zaning yangi “O‘zFA-713” navining populyasion tarkibi aniqlanib, nav darajasiga etganligi, ya’ni morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha Davlat andozalari darajasiga mosligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G.hirsutum L. turining turli genotipli shakllari duragaylarida morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning G.hirsutum L. turining turli genotipli shakllarini chatishtirib olingan  yangi liniyalarining  urug‘lik materiallari donor sifatida «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 11 apreldagi 4/1255-1136-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu noyob shakllar g‘o‘zaning dunyoviy genofondini boyitish hamda kolleksion namunalar bo‘yicha elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan;
andoza navlarga nisbatan hosildorligi, tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligiga chidamliligi, tolasining sifatli bo‘lgan g‘o‘zaning “O‘zFA-713” navi Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Shabboda shamoli» dastlabki elita urug‘ ko‘paytirish xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 avgustdagi 02/020-1675-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zFA-713” navining andoza navlarga nisbatan yuqori hosildorligi, tolasi sifati va sug‘orish suvi tejamkorligi hisobiga har bir gektar maydondan qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikka erishish hamda rentabellik darajasini 17–23 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish