Mirxamitova Dilorom Xudayberdievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Azot tutgan geterotsiklik birikmalarni yuqori asosli sistemalar ishtirokida vinillash», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K19.
Ilmiy maslahatchi: Nurmonov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maksumova Oyto‘ra Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: azot tutgan geterotsiklik birikmalarni yuqori asosli sistemalar ishtirokida vinillash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piperidin, piridin, morfolin, anilin, o-toluidin va 1,2.3-benzotriazolni atsetilen bilan atmosfera bosimida katalitik vinillash jarayoni uchun tabiati turlicha bo‘lgan erituvchilar va katalizatorlar yaratilgan;
KON-DMSO-SsF yuqori asosli sistemasining tanlangan aminlarni vinillashdagi roli ko‘rsatilgan va jarayonlarni olib borishning maqbul sharoiti topilgan, tanlangan aminlarni vinillashda, asosan, N-vinilaminlar, piridinda esa 3-vinilpiridin hosil bo‘lishi isbotlangan;
tanlangan aminlar va ularning vinil hosilalarini kvant-kimyoviy va molekulyar-dinamik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
vinillash jarayoni matematik modellashtirilgan va texnologik parametrlari aniqlangan;
N-vinilbirikmalar sintezi uchun faollantirilgan ko‘mir/KON asosida olingan yangi nanostrukturali katalitik sistema ishlab chiqilgan;
N-vinilbirikmalarning gomogen va geterogen usullarda hosil bo‘lish mexanizmi asoslangan;
N-vinilbirikmalarni biologik faolligi (zaharlilik darajasi va yallig‘lanishga qarshi xususiyati) va neft` sanoati metall qurilmalari biokorroziyasini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi ingibitorlik xossasi aniqlangan;
azot tutgan geterotsiklik birikmalardan yuqori asosli sistemalar ishtirokida vinilaminlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Azot tutgan geterotsiklik birikmalarni yuqori asosli sistemalar ishtirokida vinillash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nanotuzilishli katalitik sistemalaridan YoF7-002 raqamli “Zaharli organik moddalar fotodestruksiyasi uchun metalloksidli nanokompozitlar asosidagi nanotuzilishli fotokatalizatorlarning molekulyar dizayni” loyihasida nanokompozitlar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1405-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi nanokompozit sistemalar yaratish imkonini bergan;
azot tutgan geterotsiklik birikmalarni yuqori asosli va nanotuzilishli sistemalarda katalitik vinillash usulidan OT-F-7-52 raqamli “Turli tabiatli organik va noorganik moddalarning ta’sirlashish qonuniyatlari va reaksion qobiliyati hamda berilgan kompleks xossali yangi birikmalarni olish” loyihasida organik moddalar sintezida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1405-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan usul yuqori asosli va nanotuzilishli katalitik sistemalar ishtirokida vinilbirikmalarni yuqori unum bilan olish imkonini bergan;
azot tutgan geterotsiklik birikmalarni yaratilgan yuqori asosli va nanotuzilishli sistemalarda katalitik vinillash usulidan «Helmholtz Zentrum Berlin»ning (Germaniya) 646659 raqamli “Nanoreaktor” loyihasida nanotuzilishli sistemalarda katalizatorlar sifatida foydalanilgan («Helmholtz Zentrum Berlin» (Germaniya) ilmiy muassasasining 2019 yil 1 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada olinayotgan mahsulot unumini 33% oshirish imkonini bergan;
aminlarni geterogen usulda vinillash uchun yaratilgan geterogen va nanotuzilishli katalizatorlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2016 yil 3 noyabrdagi 265-son ma’lumotnomasi). Natijada vinillash jarayoni yuqori asosli va nanosistemalar ishtirokida olib borilganda vinilaminlarni yuqori unum bilan olish imkonini bergan;
yaratilgan yuqori asosli va nanotuzilishli katalitik sistemalar asosida aminlarni geterogen usulda vinillash jarayoni texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2016 yil 3 noyabrdagi 265-son ma’lumotnomasi). Natijada vinilaminlarni olish unumini uch barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish