Axmedov Xasan Ruzibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishni takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt831.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishni takomillashtirish yo‘nalishlariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy risklarni boshqarish mexanizmi iqtisodiy tizimga integratsiyalashuv, moliyaviy munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi, to‘lovga layoqatlilik tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
moliyaviy rejalashtirishda strategik moliyaviy tahlilning normativ, ko‘p variantlilik, balansli hisob-kitoblar va pul oqimlarini sinxronligini ta’minlash tartiblari asosida uzoq muddatli moliyaviy holatni baholash taklif etilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining moliyaviy maqsadlari asosida moliyaviy ta’minot, investision samaradorlik, moliyaviy barqarorlik CIR,  ROCE, TSR, ROE kabi ko‘rsatkichlar asosida belgilab berilgan;
moliyaviy rejalashtirishda natijadorlikka erishish moliyaviy resurslarni shakllantirish va taqsimlash, xavfsizlikni ta’minlash va boshqaruvning sifatini oshirish bo‘yicha dominant sohalari asosida takomillashtirilgan;
xo‘jalik sub’ektida samaradorlik va uzviylikka erishishda risklarni hisobga olish asosida moliyaviy rejalashtirish ta’rifi  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy risklarni boshqarish mexanizmi iqtisodiy tizimga integratsiyalashuv, moliyaviy munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi, to‘lovga layoqatlilik tamoyillarini kiritish haqidagi taklif  «Strategik rejalashtirish to‘g‘risida»gi  Qonun loyihasining 5-moddasini  ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 3 maydagi BU-6-3-1/20-1093-son ma’lumotnomasi). Bu prinsipga amal qilinishi tarmoqlar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarning oldini olishga xizmat qilgan;
moliyaviy rejalashtirishda strategik moliyaviy tahlil metodlari, biznes-reja ishlab chiqish va moliyaviy rejalar tuzishda korxonaning kuchli tomonlari, kuchsiz jihatlari, imkoniyatlari, mavjud xavf-xatarlarni baholash imkonini beruvchi SWOT-tahlil va xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik-texnologik omillarni baholashga qaratilgan PEST-tahlil metodlaridan foydalanish yuzasidan taklif «Kvars» AJ faoliyatini kompleks baholash jarayonida foydalanilgan («Kvars» AJning 2019 yil 14 maydagi 727-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ichki moliyaviy imkoniyatlar va kamchiliklarga kompleks baho berishga hamda moliyaviy rejashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni optimallashtirishga erishilgan. Shuningdek «Kvars» AJda 2,17 milliard so‘mlik debitorlik va 1,43 milliard so‘mlik kreditorlik qarzlarining oldi olinib, «Kvars» aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy rejalashtirishda ta’sir etuvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarga baho berishga erishilgan;
iqtisodiyot tarmoqlar  rivojlanishining strategik moliyaviy maqsadlari moliyaviy ta’minot, investision samaradorlik, moliyaviy barqarorlik bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida belgilashga oid taklifi «Qo‘qon mexanika zavodi» AJ tomonidan moliyaviy rejalashtirishni tashkil etish amaliyotida foydalanilgan («Qo‘qon mexanika zavodi» AJning 2019 yil 10 maydagi 03-298-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Kuzatuv kengashi tomonidan strategik moliyaviy rejalashtirishni tashkil etish amaliyotida ijroiya organining mas’uliyatini aniq belgilash orqali aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligi va to‘lov intizomiga qat’iy rioya qilinishi ta’minlangan;
moliyaviy rejalashtirishda natijadorlikka erishish moliyaviy resurslarni shakllantirish va taqsimlash, xavfsizlikni ta’minlash va boshqaruvning sifatini oshirishga oid taklifi «Kvars» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Kvars» AJ ning 2019 yil 14 maydagi 727-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilinishi natijasida mutlaq likvidlik, moliyaviy mustaqillik koeffisientlari va to‘lov qobiliyati ta’minlangan
moliyaviy rejalashtirish tushunchasiga mualliflik ta’rifi bo‘yicha taklif 5A230602 - Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ moliya strategiyasi” fani bo‘yicha muallif tomonidan yozilgan darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limvazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, 394-018 raqamli guvohnoma). Ushbu ta’rifning joriy qilinishi moliyaviy rejalashtirishning nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish