Samatov Ilhom Mamarajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati shimoliy tumanlari atmosferasining ifloslanishi ta’sirida madaniy o‘simliklardagi ekologik va biokimyoviy o‘zgarishlar», 03.00.10–Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/B277.
Ilmiy rahbar: Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim Tuymuxamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Rizaeva Sofiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati shimoliy tumanlari atmosfera havosining ifloslanish ta’siri doirasidagi madaniy o‘simliklarning ekologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rik, gilos va tok navlari tarkibidan 38 ta, tuproq tarkibidan 31 ta kimyoviy elementlarning miqdori aniqlangan;
ftorli birikmalar ta’siri doirasida etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibidagi erkin aminokislotalar miqdori aniqlangan hamda ularning stress omillarga moslashishidagi roli isbotlangan;
turli konsentratsiyadagi V1 vitaminining tuproqning yuza qatlamiga ishlov berish natijasida qishloq xo‘jalik ekinlaridagi tashqi muhitning stress omillariga nisbatan javob reaksiyasi isbotlangan;
ftorli birikmalar ta’siri doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi xloroz va nekrotik dog‘ kasalliklarining erta diagnozi, monitoringi, ularda sodir bo‘ladigan patolik o‘zgarishlarning biokimyoviy asoslari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatining shimoliy tumanlari atmosfera havosidagi ftorli birikmalar ta’sirida qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi ekologik va biokimyoviy o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ekinlari xloroz kasalligi bilan zararlanganda o‘simlikning patologik o‘zgarishlarini aniqlash usullari Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 maydagi 04/023-87-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlarining xloroz kasalligi bilan zararlanishini aniqlash, kasallikning rivojlanishini o‘z vaqtida diagnoz va monitoring qilish hamda ular haqida batafsil ma’lumotlarni tayyorlash imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan xloroz kasalligiga qarshi kurashning takomillashtirilgan chora-tadbirlari Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 maydagi 04/023-87-son ma’lumotnomasi). Natijada V1 vitaminining turli konsentratsiyadagi ishchi eritmalari bilan qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berilganda yuqori hosil olish imkonini bergan;
tashqi muhitning noqulay ekologik sharoitlarida o‘simlik hujayralarida kechadigan biosintez jarayonida aminokislotalarning biokimyoviy javob reaksiyasidagi ahamiyatidan Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari fermer xo‘jaliklarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 24 maydagi 02-02/8-233-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (meva va sabzovotlar)dagi xloroz va nekrotik dog‘ kasalliklarini kamaytirishda ekologik ekspertiza ishlarini olib borish va ushbu salbiy ekologik holatga moyil hududlarni ajratish imkonini bergan.