Jabborov Xazrat Xusenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya bo‘yicha (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Psi42.
Ilmiy raxbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining ijtimoiy psixologik omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi “ijobiy taqlid”, “ijobiy motivatsiya”, “o‘zini o‘zi nazorat qilish”, “o‘zini o‘zi baholash” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlangan;
mafkuraviy immunitetning “axborotni saralash”, “salbiy axborotga nisbatan himoya”, “buzg‘unchi axborotga qarshi kurash” va “o‘zini o‘zi boshqarish” singari yetakchi  ijtimoiy-psixologik sifatlari aniqlangan;
o‘smirlarda mafkuraviy immunitet barqarorligini ta’minlovchi e’tiqodning “yaxshilikka ishonch”, “men”ning qadr-qimmatiga ishonch, “o‘zini boshqarishga ishonch”, “hayotning odilligiga ishonch” tayanch mezonlari aniqlangan;
mafkuraviy immunitet barqarorlik va beqarorlik darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv va xulq-atvor komponentlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi “ijobiy taqlid”, “ijobiy motivatsiya”, “o‘zini o‘zi nazorat qilish”, “o‘zini o‘zi baholash” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 11 noyabrdagi  PM 9-son ma’lumotnomasi). Natijada mafkuraviy immunitetni shakllantirish profilaktika ishlari, o‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omili sifatida psixologik himoya mexanizmining yetakchi tiplari to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar bilan boyitilgan;
o‘smirlarda mafkuraviy immunitet barqarorligini ta’minlovchi e’tiqodning “yaxshilikka ishonch”, “men”ning qadr-qimmatiga ishonch, “o‘zini boshqarishga ishonch”, “hayotning odilligiga ishonch” tayanch mezonlari aniqlanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 8 noyabrdagi 03/010-1500-60i-son ma’lumotnomasi). Bu soha vakillari uchun barqaror mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishlarining ilmiy-metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan;
mafkuraviy immunitetning “axborotni saralash”, “salbiy axborotga nisbatan himoya”, “buzg‘unchi axborotga qarshi kurash” va “o‘zini o‘zi boshqarish” singari yetakchi  ijtimoiy-psixologik sifatlari  ilmiy natijalari Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 11 noyabrdagi PM 9-son hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 8 noyabrdagi 03/010-1500-60i-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy natijalar o‘smirlarda mafkuraviy immunitet profilaktika ishlarida maqsadlilik va manzillilik kasb etishini kuchaytirgan;
mafkuraviy immunitet barqarorlik va beqarorlik darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv va xulq-atvor komponentlari ishlab chiqilganligiga doir olingan ilmiy natijalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 8 noyabrdagi 03/010-1500-60 i-son hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 11 noyabrdagi  PM9-son ma’lumotnomalari). Natijada mafkuraviy immunitet shakllantirish ishlarining natijadorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish