Muxitdinov Abror Abdurazzakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik xomashyosidan olingan yallig‘lanishga qarshi dori vositasini standartlash», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Far20. 
Ilmiy rahbar: Olimov Nemat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSC.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Ma’sudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Boboev Isomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simlik sarimsoq piyoz (Allium sativum L.) «Janubiy binafsha» navi asosida yallig‘lanishga qarshi «Mekriten» moyli ekstraktini olish hamda standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatida etishtirilgan «Janubiy binafsha» navli sarimsoq piyoz (Allium sativum L.) xomashyosi tarkibidagi oltingugurt saqlovchi organik birikmalarning to‘planish dinamikasi aniqlangan;
moyli ekstraktning sifatini belgilovchi va chinligini tavsiflovchi son ko‘rsatkichlari, sifatini nazorat qilish va standartlash usullari ishlab chiqilgan;
«Mekriten» moyli ekstrakti tarkibidagi ekstraksiya qilish jarayonida hosil bo‘luvchi piriditol moddasi mass-spektrometriya usulida identifikatsiya qilingan va miqdorini aniqlash uchun YuSSX tahlil usullari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tahlil usullarining validatsion ko‘rsatkichlari baholangan;
«Mekriten» dori vositasining aminokislotalar, yog‘ kislotalar tarkibi, element tahlili zamonaviy usullarda olib borilgan, uning barqarorligini ta’minlovchi saqlash sharoitlari hamda yaroqlilik muddatlari aniqlangan;
«Mekriten» original dori vositasini spesifik faolligi va farmako-toksikologik xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik xomashyosidan olingan yallig‘lanishga  qarshi dori vositasini standartlashda olingan ilmiy natijalar asosida:
sarimsoq piyoz asosidagi yallig‘lanishga qarshi vositasi uchun  O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (07.03.2019 y., №IAP 05789). Natijada xorijdan import qilinadigan yallig‘lanishga qarshi dori preparatlar o‘rnini bosadigan dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Mekriten» moyli ekstrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42-Uz-15745533-0008-2019). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori vositasini olish imkonini bergan;
«Mekriten» moyli ekstrakti «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (№14/133/19 guvohnoma). Mazkur preparatlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi ularni mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini bergan;
sarimsoq piyoz moyli ekstraktini («Mekriten») ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha tajriba-sanoat reglamenti «SORB-TEH» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 10241916-10-15). Mazkur reglamentning tasdiqlanishi natijasida yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan moyli ekstrakt uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish