Amonova Matluba Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘yash va pardozlash korxonalaridagi oqava suvlarni tozalash jarayonini takomillashtirish», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K123.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Qazoqmurod Asadovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.28.06.2018.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muhiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarishdagi turli texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan oqava suvlarini ekologik samarali kimyoviy kompleks tozalash usulini yaratish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oqava suvlarni tozalash uchun adsorbent, koaguyantlar va flokulyant sifatida Navbahor bentoniti, alyuminiy sul`fat, natriy gidrosul`fit va poliakrilamid (PAA)dan iborat aralash ingredientlar qo‘llanilishi jarayonlarining ilmiy va amaliy imkoniyatlari aniqlangan;
bo‘yash-pardozlash korxonalari oqava suvlari tozalanish darajasining adsorbent, koagulyantlar va flokulyantning miqdoriga, eritma muhitiga hamda jarayonning borishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
oqava suvlari tozalanish darajasiga flokulyant molekulyar massasining ta’siri aniqlangan va rN = 7,5-9,0 qiymatlar oralig‘ida yuqori samarali ekanligi isbotlangan;
adsorbent, koagulyant va flokulyant birgalikda bentonit: Al2(SO4)3:NaHSO3:PAA=6,0:1,0:0,75:0,5 g/l miqdoriy nisbatlarda qo‘llanilganda oqava suvlarning maksimal tozalanish darajasi 91–95% ni tashkil etishi, oqava suv rang intensivligi va kislorodning kimyoviy sarfi (KKS) bo‘yicha yuqori samarador bo‘lishi isbotlangan;
adsorbent zarrachalarining o‘lchami hamda koagulyantlar va flokulyantlarning miqdoriga bog‘liq holda oqava suvlardan bo‘yovchi moddalar va sirt faol moddalar (SFM)ni ajratib olish imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan isbotlanib, miqdoriy kattaliklari aniqlangan;
oqava suvlarning tarkibi, ularni tozalash uchun foydalanilgan aralash ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari, hosil bo‘lgan oraliq va yakuniy mahsulotlari tarkibi, sodir bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘yash va pardozlash korxonalaridagi oqava suvlarni tozalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bentonit, alyuminiy sul`fat, natriy gidrosul`fit va poliakrilamid moddalaridan iborat “adsorbent-koagulyant-flokulyant” kompozisiyasi to‘qimachilik korxonalarining oqava suvlarini tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 apreldagi 03-02/3-1945-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suvlarni tozalovchi yangi kompleks preparat yaratish imkonini bergan;
oqava suvlarni kompleks tozalash usuli to‘qimachilik korxonalarining pardozlash fabrikalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 apreldagi 03-02/3-1945-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suvlarni tozalagandan so‘ng muallaq moddalar miqdorini 330 mg/l dan 42 mg/l gacha kamaytirish hamda oqava suvlarni muallaq zarrachalardan tozalash samaradorligini 87,3% ga oshirish imkonini bergan.