Tilakova Mavjuda Ashurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “VIII-IX sinf o‘quvchilarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01¬–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped926.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isaqulova Nilufar Jonizoqovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VIII–IX sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik (qobiliyat, qiziqish, ehtiyojlari), intellektual-ijodiy faoliyati (muammoni echishga motivatsion yondashuv, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonining tuzilmaviy mazmuni, tarixiy-madaniyatshunoslik materialini intellektual-ijodiy idrok qilish) va pedagogik..(intellektni rivojlantirishga intilish, o‘z-o‘zini anglash, irodaviylik, ishchanlik, axloq-odob va boshqa fazilatlar shakllanish) omillari (motivatsion omil, qobiliyat, qiziqish, ehtiyoj, idrok qilish, o‘quvchilarning intellektual-ijodiy faoliyati, uni rivojlantirish sxemasi, modeli) aniqlashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining kreativ (muammoning nostandart echimini topish, insonning tafakkur, muloqot faoliyatdagi ijodiy imkoniyati) qobiliyatlarni (tizimli harakatlar, tahlil sintez-tahlil, ijodiy ifodalash, umumlashtirish, xulosalash) interfaol (guruhda ishlash, rolli o‘yinlar, klaster va boshqalar) usullar vositasida rivojlantirishning ichki (avtogen, refleksiya) va tashqi (innovatsion ta’lim muhiti) sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatini rivojlantirish modeli (nusxa ko‘chirish orqali atrof-muhitni anglash, his qilish) tarixiy-madaniy yodgorliklardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda (sayohat darsi, ma’ruzalar konferensiyalar, suhbat, mini-bahs munozaralarda) refleksiv (his etish va undan foydalanish, tafakkur tezligi, aniqligi, o‘zgaruvchanligi) o‘rganish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, tizimli operator, ixtirochilik masalalarini echish algoritmini qo‘llash) interfaol ta’lim texnologiyalari (tarixiy atamalar zanjiri, klaster, BBB) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
VIII–IX sinf o‘quvchilarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik va pedagogik jihatlarini aniqlashtirishga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari» mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-194-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlari, qiziqishi, ehtiyojlar to‘g‘risidagi tasavvurlari boyitilgan;
O‘zbekiston tarixiy madaniy yodgorliklarini ijodiy o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishni takomillashtirilgan texnologiyalaridan PZ2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-194-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarining shakllanishiga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish modeli hamda O‘zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o‘rganishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 3 iyuldagi «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi 190-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 8–9-sinflar uchun O‘zbekiston tarixi fanining o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-194-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining tarixiy-madaniy yodgorliklar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga erishilgan.