Voxidov Baxriddin Raxmidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qayta ishlangan elektrolitdan sof palladiy kukunini ajratib olish usulini ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1128.
Ilmiy rahbarlar: Xasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Xusan Razzakovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: palladiy miqdori kam bo‘lgan chiqindi elektrolit eritmalaridan sof palladiy kukunini ajratib olish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta ishlangan elektrolitdan palladiyni cho‘ktirish va metallik holatgacha tiklash jarayonlari optimal parametrlari aniqlangan;
tiklangan palladiy xomashyosidan tozalangan palladiy kukuni olishning shoh arog‘ida eritish usulini qo‘llash orqali ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
palladiy metallini kam miqdorli elektrolit eritmalaridan yuqori ajralish darajasi va tayyor mahsulotda palladiyning ulushi 99,90% soflikda olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
palladiyli eritma tarkibidan zararli qo‘shimcha metallar (Fe, Cu, Ni)ni tozalashning kompleks selektiv cho‘ktirish usullari va jarayonlarning optimal parametrlari aniqlangan;
tozalangan sof palladiy kukuni ajratib olishning 17 ta jarayondan iborat va 84% ajralish darajasiga ega takomillashtirilgan texnologik sxemasi va dastgohlari zanjir sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qayta ishlatilgan elektrolitdan sof palladiy kukunini ajratib olish usulini ilmiy tadqiq etish va yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan yangi texnologik sxemani qo‘llagan holda chiqindi elektrolitlardan tozalangan sof palladiy kukunini ajratib olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda mis ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2019 yil 11 noyabrdagi 63-624-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi elektrolitlardan palladiy ajralish darajasini 20–25% oshirish va palladiyning umumiy ajralish darajasini 84% oshirish imkonini bergan; 
platina guruhi metallarini shoh arog‘ida eritish texnologiyasi, platinani selektiv cho‘ktirish usuli va palladiy eritmasidan zararli qo‘shimchalarni kompleks tozalash va cho‘ktirish usuli texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda mis ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2019 yil 11 noyabrdagi 63-624-son ma’lumotnomasi). Natijada palladiy metalliga qo‘shimcha ravishda platina metallini olish va reagentlar sarfini 15–20%ga kamaytirish va  palladiyni past navli (50 mg/l) eritmalardan 84% li ajralish darajasi bilan yuqori tozalikdagi 99,90% li sof palladiy kukunini olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish