To‘xtaev Feruz Sadulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida kompozision polimer sorbentlarning samarali tarkiblarini olish va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi; 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T426.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Babaev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodullaev Ahmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida kompozision polimer sorbentlarning samarali tarkiblarini olish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer-polimer komplekslar va organik mineral ingredientlardan foydalanib, kompozision polimer sorbentlarning samarali tarkibi yaratilgan;
kompozision polimer materiallar fizik-mexanik va kimyoviy xossalarining o‘zgarishi, qo‘llanilgan polimer-polimer komplekslar, mineral ingredientlar va ishlab chiqarish chiqindilarining tarkibi va turi aniqlangan;
kompozision polimer sorbentning samarali tarkibi ishlab chiqilgan va ular asosida olingan sorbentlar sanoat oqava suvlari tarkibida mavjud metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashganda yuqori sorbsion xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan;
rangli, og‘ir va qimmatbaho metallarni ajratib olish hamda kimyo va metallurgiya sanoati korxonalarida ishlab chiqarish oqava suvlarini tozalash uchun kompozision polimer materiallar va ular asosida sorbentlar olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan KPS orqali rangli, og‘ir va qimmatbaho metallarni olish va sanoat oqava suvlarini tozalash hamda ulardan ko‘p bora foydalanish imkoniyati, fizik va kimyoviy xossalari hamda yuqori sorbsion xususiyatlarining samarali texnologik jihatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida kompozision polimer sorbentlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kompozision polimer sorbent» uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 21645528-08:2019). Natijada kimyo va metallurgiya sanoatida kompozision polimer sorbentlardan oqava suvlarni tozalash, rangli, og‘ir va qimmatbaho metallarni ajratib olish imkonini bergan;
kompozision polimer sorbentlar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida rangli va og‘ir metallarni ajratib olish va sanoat chiqindi suvlarni tozalashda joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 7 oktyabrdagi 02-06-04/12786-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyo hamda metallurgiya sanoati ishlab chiqarishidagi oqava suvlardan rangli, og‘ir va qimmatbaho metallarni ajratish, sanoat chiqindi suvlarini tozalash imkonini bergan.