Xamidov Xusrav Sadulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi hikoyatlarning genezisi, mazmuni va kompozision qurilishining qiyosiy tahlili», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil562.
Ilmiy rahbar: Quronbekov Axmadqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Inomxo‘jaev Rahmonxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Masnaviy»dagi hikoyatlarning genezisi va manbalarini aniqlash, ularning mazmuni asosida Rumiyning irfoniy timsollar yaratish mahoratini qiyosiy tahlil qilish hamda hikoyatlar kompozisiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Masnaviy»dagi hikoyatlarning genezis va manbalari aniqlangan hamda muallifning diniy-tasavvufiy qarashlarini keng ko‘lamda ifodalash maqsadida turli mavzudagi hikoyatlardan unumli foydalangani isbotlangan;
XI asrgacha yaratilgan xalqona, allegorik hikoyatlarning mazmuni asosida Rumiyning «Masnaviy»da qabr, amir, sher surati, sichqon, qurbaqa kabi irfoniy timsollar yaratgani asoslab berilgan;
«Muso va Xizr», “Saba’ ahli», “Zarvon ahli» kabi qur’oniy qissalar «Masnaviy»dagi «Shayx Daquqiy», «Qishloqliq va shaharlik» kabi hikoyatlarning g‘oyaviy mazmunini kuchaytirishda tutgan o‘rni, asar shakllanishida hamda Rumiyning tasavvufiy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishdagi ta’siri aniqlangan;
«Masnaviy» hikoyatlarining janriy xususiyatlari, kompozision qurilishi, Rumiyning hikoyatlardan foydalanish usullari, montaj usulida qurama hikoyat hosil qilish va hikoyat ichida hikoyat uslubini qo‘llash asoslari dalillangan;
Rumiy hikoyatlarini o‘zidan oldingi shoirlar ijodidagi hikoyatlar bilan qiyosiy o‘rganish natijasida shoir ularni badiiy maqsadiga xizmat qildirish uchun o‘ziga xosligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi hikoyatlarning genezisi, mazmuni va kompozisiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Masnaviyi ma’naviy»dagi hikoyat ichida hikoyat uslubiga doir ilmiy-nazariy natijalar OT-A1-36 raqamli «Alisher Navoiyning «Xamsa» dostonlari asosida chastotali lug‘atlar tuzish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 martdagi 89-03/1129-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ta’sir va qiyosiy-tipologik tahlil doirasi kengaygan, loyiha materiallari yangi manba va qarashlar bilan mukammallashgan;
«Masnaviy»ning tasavvuf she’riyati ta’siriga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan filologiya va tillarni o‘qitish (Sharq tillari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Turk adabiyoti (1-qism)» nomli darslikda «Tasavvuf adabiyoti haqida tushuncha. Mavlono Jaloliddin Rumiy – mutasavvif shoir» mavzusini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 maydagi 89-03/2012-son ma’lumotnomasi). Natijada Rumiyning «Masnaviy» asarining mazmun-mundarijasi bo‘yicha berilgan ma’lumotlar hamda tahliliy fikrlar darslikning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Rumiyning «Masnaviy»ida keltirilgan hikoyatlarning kompozisiyasi borasidagi novatorligi bo‘yicha natijalar Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ilmiy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan faoliyatlar doirasida muhim manba sifatida foydalanilgan (Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Madaniyat ishlari bo‘limining 2019 yil 8 apreldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasining amaliyotga joriy qilinishi «Masnaviy» hikoyatlari borasidagi fikrlarni yanada boyitishda muhim asos bo‘lgan;
tadqiqotga tortilgan hikoyatlarning kompozision qurilishi, mazmun-mundarijasidan olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» radiokanalida efirga uzatiladigan «Mehrangez», «Gulshani adab» dasturlari doirasidagi turkum eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanalining 2019 yil 5 martdagi 04-96-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, «Masnaviy» hikoyatlarining talqini shaxs kamolotida tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati hamda bu yo‘nalishda Rumiyning o‘rnini idrok etish kuchaygan.