Muxammedova Nazokat Juraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda aholi o‘limining geografik tafovutlari», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/Gr24. 
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda aholi o‘limi bo‘yicha hududiy farqlarini aniqlash va respublika hududlarida aholi o‘limini pasaytirishga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning turli tabiiy-xo‘jalik (sug‘orma dehqonchilik, cho‘l-yaylov chorvachiligi, tog‘-yaylov chorvachiligi) hududlarida aholi o‘limining (umumiy, go‘daklar va sabablarga ko‘ra) o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan va ularning sabablari aniqlangan;
Navoiy viloyati geodemografik va nozoekologik vaziyatini maqbullashtirish tuman va shaharlar kesimida aholi o‘limi prognozi ishlab chiqilgan;
aholi o‘limi va umr davomiyligi ko‘rsatkichlarining viloyatlar kesimida 2031 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
tanatogeografik vaziyatni baholash mezonlarini takomillashtirish asosida respublika aholisining o‘limi va umr davomiyligini aks ettiruvchi 1:5000000 masshtabli kartalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda aholi o‘limining geografik tafovutlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning turli tabiiy-xo‘jalik  hududlarida aholi o‘limining ochib berilgan  o‘ziga xos xususiyatlari va ularning aniqlangan sabablari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan geoekologik monitoringini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 maydagi 03-02/8-2167-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tabiiy-xo‘jalik zonalari hududlarida atrof-muhit geoekologik holatining nozogeografik vaziyatini aniqlash imkonini bergan;
Navoiy viloyati geodemografik va nozoekologik vaziyatini maqbullashtirish tuman va shaharlar kesimida aholi o‘limi prognozi ishlab chiqilishiga oid xulosalar “Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (Guvohnoma, №274-032). Natijada OO‘Yu talabalarida prognozlashtirish mexanizmi mohiyatini yaxshiroq tushunishlari va o‘zlashtirishlari uchun xizmat qilgan;
aholi o‘limi va umr davomiyligi ko‘rsatkichlarining viloyatlar kesimida 2031 yilgacha bo‘lgan davrga ishlab chiqilgan prognozidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 6 apreldagi BU-6-3-1/20-860-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika aholi o‘limi ko‘rsatkichlarining pasayishiga hamda umr davomiyligining oshirish imkonini bergan;
O‘zbekiston aholisining o‘lim ko‘rsatkichlari va umr davomiyligini aks ettiruvchi turkum kartalar Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 26 noyabrdagi 04-02-9089-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika hududlari aholi o‘limi ko‘rsatkichlari asosida tanatogeografik vaziyatini ochib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish