Turabova Sevara Kattaqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilmiy bahsning mantqiy-epistemik tahlili”, 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal16.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Sharipov Mamatxon Sharipovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Qo‘shoqov Shuhrat Solievich, falsafa fanlari doktori, professor; Bozorov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilmiy bahsning fan taraqqiyoti va ijtimoiy rivojlanishdagi konstruktiv rolini mantiqiy-epistemologik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb tafakkur tarziga xos bo‘lgan bahs yuritishning dialektik, ritorik va sofistik modellarining qiyosiy tahlili asosida milliy mentalitetimiz va mintaqaviy o‘ziga xosligiga mos bo‘lgan bahsning konstruktiv tanqid, ruhiy mu’tadillik, umumiy konsensus (murosai madora), axloqiy me’yor, falsafiy muroqaba singari xususiyatlari aniqlangan;
yangi ilmiy bilimlar shakllanishida bahs-munozaralarning ijodiy fikrlash jarayonini rag‘batlantirishning samarali va ishonchli usuli bo‘lgan jamlovchi, qo‘zg‘atuvchi va saralovchi ahamiyati Sharqona mantiqiy xususiyatlar sifatida asoslab berilgan;
ilmiy bahsning demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda muhim mantiqiy vosita sifatidagi metodologik, prognostik ahamiyati va undan konstruktiv foydalanishning murosaviy imkoniyatlari O‘zbekistonda barqaror rivojlanish jarayonlarini modernizatsiyalashtirish tajribasi misolida ochib berilgan;
ilmiy bahsning mantiqiy-epistemik jihatlari argumentlanganlik, muqobillik, hamkorlik, kreativlik, nochiziqlilik kabi tamoyillar doirasida chin va ishonchli bilim hosil qilish vositasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy bahsning mantiqiy-epistemik tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni tadqiq qilish asosida:
ilmiy bahslarning rivojlanish tarixini o‘rganish asosida ilmiy bahs mexanizmining muhim xususiyatlarining qo‘llanishi, ilmiy bahs jarayonida dialektik qarama-qarshiliklarni hal qilishning asosiy tamoyillari va ularning o‘ziga xos jihatlariga oid nazariy va amaliy xulosalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2016-2019 yillarda bajarilgan A-1-69 raqamli “Falsafa (qo‘llash soxasi) mutaxasisligi magistrantlarini yuksaltirishning o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish” mavzusidagi fundamental loyiha ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 maydagi 89-03-2018-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy bahsning ijodiy fikrlashni rag‘batlantirishning innovatsion usul sifatidagi ahamiyati bilish jarayonida amaliy muhokama yuritish, ilmiy muammolarni qo‘yish va hal etish jihatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
germenevtikada jarayonni ifodalovchi tushunchalar tahlili, tushuntirish, talqin, destruksiya, dekonstruksiya, ma’no va mazmun, germenevtik tafakkur, til va ilmiy bahs, eristika, argumentlash nazariyasi, innovatsion tafakkurning ilmiy bilimlarning shakllanishida bahs-munozaralarning ahamiyatiga oid xulosalaridan “Germenevtika” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 maydagi 89-03-2018-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy bilimlarning shakllanishida bahs-munozaralarning ahamiyatiga oid tahlil va izohlanishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
yangi ilmiy bilimlar shakllanishida bahs-munozaralarning muqobil, ayniqsa qarama-qarshi nuqtai nazarlarni taqqoslash vositasi, ijodiy fikrlashni rag‘batlantirishning innovatsion ahamiyatiga oid xulosa va tavsiyalaridan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Munosabat” tok shousi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 23 maydagi 01-01/201-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z erkinligini ta’minlash va bu sohadagi yangilanishlar, bahs-munozaralar orqali tahliliy teleradio materiallar tayyorlashda va ularning ahamiti oshishiga xizmat qilgan;
bahs yuritishning mantiqiy-epistemik maqomini o‘rganishga konseptual-metodologik yondashish, ilmiy bahs yuritishning mantiqiy-epistemik vositalari, bahsning bilish jarayoni va ijtimoiy hayot muammolarini hal etishdagi rolini ochib berishga qaratilgan metodologik taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “2018 yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari” 51-bandi “Jamiyatdagi, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 29 maydagi 02/09-648-19-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarning qo‘llanilishi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ma’naviy-ma’rifiy samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.