Xakberdiev Shuxrat Mahramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gossipol hosilalarining turli komplekslarini olish va biologik faolliklarini o‘rganish», 02.00.01–Noorganik kimyo; 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K173. 
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ibragimova Mavluda Ro‘zmetovna, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol hosilalarini sintez qilish va Cu2+, Ni2+, Co2+ tuzlari bilan metallokomplekslarini, glisirrizin kislotasining monoammoniyli tuzi (GKMAT) bilan supramolekulyar komplekslarini olish hamda biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gossipolning turli tabiatli (alifatik, aromatik va geterotsiklik) birlamchi aminlar bilan 30 ta yangi Shiff asoslari sintez qilingan;
gossipolning benzilamin bilan hosil qilgan Shiff asosining Ni2+ va Co2+ kabi metall ionlariga nisbatan tanlab ta’sir etishi aniqlangan;
gossipol hosilalari bilan Cu2+, Ni2+, Co2+ tuzlari metallokomplekslarining barqarorligi aniqlanganda, ushbu qatorda Cu>Ni>Co o‘zgarishi va bu Irving-Vil`yams qatorga mos kelishi isbotlangan;
gossipol Shiff asoslarining GKMAT bilan suvda eruvchi supramolekulyar komplekslarining suvli muhitda gel hosil qilish jarayoni va misellalarning hosil bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gossipol hosilalari sintezi, turli kompekslarini olish va ularning xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik ob’ektlarda nikel` va kobal`t ionlarini aniqlashda qo‘llaniladigan organik reagent di-(benzilamin) gossipol uchun ishlab chiqilgan texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan (Ts 25128617-11:2019). Natijada yangi organik reagent yordamida nikel` va kobal`t ionlarini aniqlash imkonini bergan;
gossipol va benzilamin asosida sintez qilingan di-(benzilamin) gossipolning ((2,2'-di(1,6-digidroksi-5-izopropil-8-metin-amino-benzil-3-metilnaftalin-7-on) rentgen tuzilish tahlil natijalari Kembrij markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Crystallography Open Database, https:/www.crystallography.net, CCDC, 964841). Natijada bazaga kiritilgan yangi o‘xshash moddalarni sintez qilishda foydalanish imkonini bergan;
gossipol asosida sintez qilingan moddalardan F-6-05 raqamli «Polifenol va triterpenoidlarning yangi hosilalarining antibiotiklar ta’siriga rezistent bo‘lgan patogen bakteriyalarga qarshi faollik ta’sir mexanizmini o‘rganish» mavzusidagi fundamental loyihada patogen bakteriyalarga qarshi faollik ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 martdagi 89-03-1211-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi immunostimullovchi preparat yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish