Barakaev Nusratilla Rajabovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Don mahsulotlarini saralash va fraksiyalarga ajratish texnologik mashinalarini yaratish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T286.
Ilmiy maslahatchi: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16.07.2013.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy oppenentlar: Negmatov Soyibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi; Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Artikov Asqar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don mahsulotlarini separatsiyalash va massasiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish mashinasini yaratish va uning texnologik, kinematik hamda konstruktiv parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy don navlarining fizik-mexanik xususiyatlari hududlar kesimida aniqlangan;
don mahsulotlarini separatsiyalash va fraksiyalarga ajratish jarayon-lari parametrlarining o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlangan;
fraksiyalarga ajratish kamerasidagi ta`minlovchi valik yuzasida don harakatining don ko‘ndalang kesim yuzasiga havoning qarshiligini inobatga olgan holda harakatlanish tenglamasi yaratilgan;
kombinatsiyalangan separatorning kinematik va texnologik parametrlari mahalliy don mahsulotlarining fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda aniqlangan;
don mahsulotlarini boshqa aralashmalardan tozalash va massasiga ko‘ra fraksiyalarga ajratishda ish unumdorligi 7,5 t/s, gabarit o‘lchamlari: - l=4500 mm, h=2000 mm, b=500 mm bo‘lgan texnologik mashina-kombinatsiyalangan separator yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Don mahsulotlarini separatsiyalash va fraksiyalarga ajratish kombinatsion separatori «O‘zdonmahsulot» aksiyanerlik kompaniyasi donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zdonmahsulot» AKning 2016 yil 22 martdagi 11-2-8/4299-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi ishlab chiqarishning texnologik liniyasini ixchamlashtirish, energiya sarfini kamaytirish, tegirmonlarning har bir fraksiya bo‘yicha texnologik ish rejimini tanlash, mahalliy bug‘doy navlaridan sifatli un va un mahsulotlarini olish imkonini beradi.