Ro‘zieva Inobat Jo‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan arziqli tuproqlarning unumdorligini baholash (Farg‘ona viloyati misolida)», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V261.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Ramazan, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nomozov Xushvaqt, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘ona hududlarida tarqalgan arziqli va gipslashgan tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasini aniqlash, baholash, mahsuldorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Farg‘onada tarqalgan arziqli va gipslashgan tuproqlarning shakllanishi, morfogenetik xossa va xususiyatlari ochib berilgan;
sho‘rlanish jarayonlarining jadallik darajasi, tuproq profilidagi tuzlar miqdori va zaxiralari aniqlangan;
arziqli va gipslashgan tuproqlaridagi gumus miqdori bilan qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi o‘rtasida korrelyativ bog‘liqlik aniqlangan;
arziqli va gipslashgan gorizontlarning joylashish chuqurligiga bog‘liq holda tuproqlarning suv o‘tkazuvchanlik va suv sig‘imining yomonlashishi, zichligining oshishi, gumus va asosiy oziqa elementlarining kamayishi isbotlangan;
tayanch massivlar arziqli va gipslashgan tuproqlari sifat jihatidan baholangan va unumdorlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyati hududlaridagi sug‘oriladigan arziqli tuproqlarning unumdorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan gipsli va arziqli tuproqlarining meliorativ holati va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 iyuldagi 03-05-5619-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar Markaziy Farg‘ona hududlaridagi degradatsiya jarayonlari ta’sirida bo‘lgan qiyin melioratsiyalanuvchi tuproqlarni ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va muntazam ravishda qayta tiklashga qaratilgan tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Yozyovon tumani “Guliston” va “Qoratepa” massivlaridagi 4775,0 gektar, Oltiariq tumani “Tong” massividagi 1137,8 gektar sug‘oriladigan tuproqlarining 1:10000 masshtabli tuproq sifatini baholash kartalari massivlar hududidagi fermer xo‘jaliklar va boshqa erdan foydalanuvchilar amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 iyuldagi 03-05-5619-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar sug‘oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlari, unumdorlik darajasiga qarab erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash, tuproqning unumdorlik holatini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish va hosildorligini belgilash, tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Yozyovon tumani “Xonobod” massividagi 1584,0 gektar sug‘oriladigan erlarning 1:10000 masshtabli tuproq kartasi amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 iyuldagi 03-05-5619-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar hududdagi mavjud sug‘oriladigan turli darajada sho‘rlangan, arziqli va gipslashgan tuproqlarni xossa va xususiyatlari va meliorativ holatini yaxshilash, tuproq resurslaridan samarali foydalanish va uni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan.