Tokimbetova Gulbaxar Abatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Berdaqning ijodiy individualligi», 10.00.12–Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil203.
Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori; Eshniyazova Elmira Naurizbaevna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrdagi qoraqalpoq mumtoz adabiyotining namoyandasi Berdaq shoirning ijodiy individualligining g‘oyaviy-tematik, milliy o‘lcham va badiiylik mezonlarini XIX asr tarixiy-madaniy sharoiti, adabiy an’analar va muhit bilan chambarchas bog‘liqlikda izchil umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi Berdaq ijodining poetik hususiyatlari va shoir uslubiy-shakliy izlanishlari shakl va mazmun uyg‘unligi hamda milliy, madaniy, adabiy, tarixiy, diniy qadriyatlarni tiklash manfaatlari nuqtai nazaridan umumlashtirilgan;
Berdaq asarlarida ijodiy individuallik bosqichiga ko‘tarilishning asosiy omillari aniqlangan, muallif yashagan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning shoir ijodiga ta’siri ochib berilgan, shoir ijodiga Xorazm adabiy muhiti ta’siri isbotlangan;
xalq og‘zaki ijodi an’analari (g‘oya, mavzu, obraz, janr) interpretatsiyasi va bu boradagi shoirning ijodiy izlanishlari aniqlangan hamda fol`kloristik talqini o‘ziga xosligi va epik tafakkur miqyoslaridan foydalanish mahorati ko‘rsatilgan;
janriy izlanishlar va tasvir ruhiyatini ko‘rsatish hamda estetik baholash yordamida ijodiy alohidalik belgilari adabiy an’ana va badiiy mahorat kontekstida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Berdaq shoirning ijodiy individuallik masalasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar asosida:
Berdaq lirikasida ijodiy individuallikning namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosliklardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan FA-F01-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 23 maydagi 17.01/95-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarining qo‘llanishi natijasida Berdaq ijodiy individualligi va badiiy mahorati bo‘yicha qarashlar yanada oydinlashtirilgan;
Berdaq ijodida adabiy ta’sir, xususan Xorazm adabiy muhiti ta’sirining o‘rni haqidagi yangi xulosalardan Berdaq milliy muzeyida Berdaq hayoti va ijodi bo‘yicha ekspozisiyani boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi 2-04/705-1-son ma’lumotnomasi). Natijada Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘li asarlarining turfa o‘ziga xos xususiyatlari va janriy novatorligini ko‘rsatiyashga erishilgan;
Berdaq ijodining yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni hamda milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Adabiy portret», «Tarixiy shaxslar», «Xalq durdonasidan», «Yoshlar uchun», «Meros» 2018 yil aprel` oyidagi ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 25 dekabrdagi 01-02/542-son ma’lumotnomasi). Bu esa shoir ijodining qoraqalpoq mumtoz adabiyotidagi o‘ziga xos uslubi va tabiatini tavsiflashga keng yo‘l ochagan.