Samanova Shaxlo Boxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik tolerantlikning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal171.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tolerantlik tamoyili asosida mintaqaviy va global ekologik xavfsizlikning umumnazariy konseptual asoslarini belgilab beruvchi yo‘nalishi sifatida asoslash va sohaga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy munosabatlarda ekologik tolerantlikning muqobil ijtimoiy manfaatlarni muvofiqlashtiruvchi va umumlashtiruvchi xususiyatlari ijtimoiy sheriklikning xarizmatik, al`truistik singari tamoyillari vositasida asoslab berilgan;
ekologik tolerantlikning ob’ektiv va sub’ektiv omillari, harakatlantiruvchi motivlari (moslashuvchanlik, o‘zlashtiruvchanlik)ni barqarorlashtiruvchi jihatidagi o‘zgarishlarning geosiyosiy, geomafkuraviy, geoekologik jarayonlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
xalqaro ekologik tolerantlikning ijtimoiy-siyosiy negizlari, potensial (muvofiqlashtiruvchi va tashkillashtiruvchi) imkoniyatlari va sub’ektlari faoliyatini baholashning milliy, mintaqaviy, umumbashariy kabi mezonlari sotsiometrik o‘lchov asosida dalillangan;
milliy va umuminsoniy ekologik manfaatlarni himoya qilish hamda ularni integratsiyalashtirishning sotsionormativ ekologik tamoyillarini hayotga joriy qilishning huquqiy-tashkiliy mexanizmlari davr ehtiyoji talablari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika aholisi o‘rtasida ekologik tolerantlik xislatlarini tarbiyalashga mutasaddi institutsional tizim faoliyatini takomillashtirishga oid taklif-tavsiyalar asosida:
ijtimoiy munosabatlarda ekologik tolerantlikning reglamentlashtiruvchi va integratsiyalashtiruvchi xususiyatlari ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida aniqlashtirishga doir berilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan 2019 yil 8 yanvarda o‘tkazilgan 1-s’ezdida qabul qilinib, 22 yanvarda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston ekologik partiyasi dasturi”ni, shuningdek, dastur asosida ishlab chiqilgan saylovoldi dasturining “Ekologiya sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish” nomli 21, shuningdek, “Oliy ta’lim muaasasalarida ekologiya fani bo‘yicha pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini joriy qilish” nomli 22-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashining 2019 yil 14 avgustdagi 08/151-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish, barcha sohalarda ekologik masalalar yuzasidan qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan seminar-treninglarni o‘tkazishda nazariy va amaliy material sifatida xizmat qilgan;
insoniyat tarixida ekologik munosabatlarda tolerantlik tamoyilining zaruriyati, roli, ahamiyati, umumiy va xususiy konkretlashtirilgan ijtimoiy-falsafiy qonuniyatlariga doir taklif-tavsiyalaridan “Falsafa” darsligining II bo‘limi “Tabiat falsafasi” va “Borliq va rivojlanish falsafasi” darsligining I bobidagi “Tabiat falsafasi”, “Biosfera rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari” va “Noosfera borliq shakli” deb, nomlangan mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1839-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning tabiatga, atrof-muhitga nisbatan tolerantlik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
xalqaro ekologik tolerantlikning ijtimoiy-siyosiy negizlari, potensial imkoniyatlari, sub’ektlari faoliyatini baholash mezonlarining gumanistik tamoyillariga doir taklif-tavsiyalaridan 2019 yilning aprel` oyida e’lon qilingan “Harakatlar strategiyasi, faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi ijrosida NNTlar faolligini qo‘llab-quvvatlash” grant tanlovining Orol halokatining atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini yumshatishga, Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tiklashga va sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish haqidagi 3-yo‘nalishi bo‘yicha Xorazm viloyati Bog‘ot, Yangiariq va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanlarida “Orolga madad” shiori ostida amaliy aksiyalarni o‘tkazish” nomli loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2019 yil 19 sentyabrdagi 18/1-807-son ma’lumotnomasi). Bu esa tolerantlik tamoyili asosida ekologik ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga mutasaddi fuqarolik institutlari faoliyatini tashkil qilish va boshqarish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy va umuminsoniy ekologik manfaatlarni himoya qilish hamda ularni integratsiyalashtirishning sotsionormativ ekologik tamoyillarini va huquqiy me’yorlarini ishlab chiqish, hayotga joriy qilishning mexanizmlariga doir takliflaridan Xorazm viloyati “Nur va hayot” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan 2017 yil may oyida e’lon qilingan “Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirishda, atrof-muhitni muhofazasini kuchaytirishda, mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ijtimoiy sheriklikning rolini yuksaltirish” mavzusidagi 4-grant tanlovi uchun “Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mahallalarda sanitariya-ekologik holatni yaxshilash sohalarida ijtimoiy aksiyalar va tadbirlar o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy faolligini oshirish” nominatsiyasi bo‘yicha 2017 yil 13 noyabrdagi 49-02/116-3-sonli Xorazm viloyati, Yangiariq tumani aholisi o‘rtasida “Mening obod mahallam” aksiya loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2019 yil 19 sentyabrdagi 18/1-807-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish