Nasrullaev Elmurod Jumaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr o‘zbek navoiyshunosligida ulug‘ shoir shaxsiyati talqinlari tadqiqi (Oybek, Izzat Sulton, V. Zohidov va M. Oripov ilmiy asarlari asosida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil533.
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; Sulaymonov Mo‘minjon Yusufjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II Tadqiqotning maqsadi: XX asr navoiyshunosligida Navoiy adabiy-badiiy merosining ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish tamoyillarini o‘rganish, navoiyshunos olimlar tomonidan qo‘llanilgan konseptual yondashuv va metodlarni ilmiy asoslab berish hamda navoiyshunoslikning istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilab olish asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr navoiyshunosligida shu davr siyosiy mafkurasi talablari nazarda tutilgan holda yaratilgan Alisher Navoiy shaxsiyati talqiniga doir adabiy-estetik tamoyillar ochib berilgan;
Oybek va Izzat Sulton ilmiy asarlarida Alisher Navoiy shaxsiyati va ilmiy-ma’rifiy dunyoqarashini yoritishda qo‘llangan yangi tahlil va talqin usullari aniqlangan;
XX asr navoiyshunosligida yaratilgan Navoiy shaxsiyati va ijodiy merosi tadqiqlariga nisbatan ilmiy-konseptual yondashuv va bu davr olimlari tomonidan qo‘llanilgan ilmiy tahliliy va tarixiy-biografik metodlar asoslangan;
adabiyotshunos olimlar Oybek, Izzat Sultonov, Vohid Zohidov, Malik Oripov Alisher Navoiy hazratlarining umuminsoniy g‘oyalarini hukmron mafkura hujumidan saqlash uchun “pardaga o‘rab” tasvirlash usulidan foydalanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr navoiyshunosligida Alisher Navoiy dahosi talqinini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
davr siyosiy mafkurasi talablari nazarda tutilgan holda yaratilgan Alisher Navoiy merosi talqiniga doir adabiy-estetik tamoyillar xususidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2012–2016 yillar bajarilgan “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 16 maydagi 3/1255-1464-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy qomuslarining ilmiyligi hamda mukammalligiga erishilgan;
XX asr yetakchi navoiyshunos olimlarining ilmiy-badiiy asarlarida Navoiy dahosining eng muhim qirrasi bo‘lmish e’tiqod masalasiga materialist zamondoshlari e’tiborini tortganliklari haqidagi xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “Milliy g‘oya va mafkuraviy tadqiqotlarni tashkil qilish” bo‘limida 2017-2018 yillarda amalga oshirilgan FZ-2016-0915132102 raqamli “Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” mavzusidagi davlat grantida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 maydagi 02/09-519-19-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi buyuk allomalarimiz mashhur asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi mobil ilova yaratishda Alisher Navoiyga tegishli qismi yangi ilmiy axborotlar bilan to‘ldirilgan;
XX asr adabiyotshunos va faylasuf olimlarining Navoiy fenomeni talqiniga bag‘ishlangan tadqiqotlarida yoritilgan masalalarni o‘rganish natijasidagi xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limida tashkil etilgan «Mahorat maktabi» ijodiy to‘garagida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 27 martdagi 01-03-12/306-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkor yoshlarga Alisher Navoiy dahosi umuminsoniy mohiyatini anglatishning ilmiy-badiiy usullarini ko‘rsatib berishga erishilgan.