Shukurov Zuxriddin Fazliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karjantau er yorig‘i seysmik holatiga mos zamonaviy harakatlarni GIS texnologiyasi asosida modellashtirish», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/GM13. 
Ilmiy rahbar: Xamidov Lutfulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Maksudov Sabitjan Xamidovich, fizika-matematika fanlari doktori; Atabaev Dilshot Xusainbaevich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Karjantau er yorig‘i hududida er qobig‘ining seysmiklik bilan bog‘liq zamonaviy harakatlarini GIS texnologiyasi asosida modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Karjantau va Tovoqsoy er yoriqlari hududlarining 36 yillik (1979–2016 yy.) o‘rtacha vertikal harakatlari advektiv strukturalar rivojlanishi qonuniyati asosida ro‘y berishi aniqlangan;
ilk bor global navigatsion yo‘ldoshlar tizimlari (GNSS) ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish dasturi asosida Sharqiy O‘zbekiston hamda uning atrofidagi hududlar er qobig‘ining yillik o‘rtacha gorizontal va vertikal harakat tezliklari aniqlangan;
sodir bo‘lgan zilzilalar natijasida er yuzasida paydo bo‘lgan siljishlarni empirik ifodalar orqali hisoblab topish mumkinligi aniqlangan;
er yoriqlari bilan chegaralangan bloklarning Moxorovichich chegarasigacha bo‘lgan qalinliklari va boshqa fizik parametrlarini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Sharqiy O‘zbekiston va unga yondosh hududlar er qobig‘i zamonaviy harakatlarining modellari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning seysmik faol hududlarida er qobig‘ining zamonaviy harakatlarini aniqlash va GIS texnologiyasi asosida modellarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Karjantau va Tovoqsoy er yoriqlari kesishgan hududda aniqlangan 36 yillik o‘rtacha vertikal harakatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2852-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkentoldi hududi er qobig‘ining kuchlanganlik deformatsion holatini seysmologik, geofizik va geodezik kuzatuvlar majmuasi monitoringini doimiy olib borish zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
tadqiqot hududining so‘nggi 100 yilda sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan siljishlarni aks ettiruvchi siljishlar xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2852-son ma’lumotnomasi). Natijada favqulodda geodinamik xatarli hududlarni ajratish va er qobig‘ining xavfli deformatsiyalanayotgan joylarini baholashga imkon bergan;
er yorig‘i hududi bloklarining deformatsiya modeli Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2852-son ma’lumotnomasi). Natijada Karjantau hududining endogen geologik jarayonlar monitoringi hamda seysmik faol zonalarning tog‘ jinslari keskin deformatsiyaga uchrashini tezkor baholash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish