Muxammedova Nilufar Eliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Margaret Drebbl asarlarida ayol obrazi va uning ijtimoiy-estetik talqini”, 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil142.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Muhibova Ul`patxon Uchkunovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qosimov Abdug‘appor Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Margaret Drebbl asarlarida ayol obrazi yaratilishidagi o‘ziga xoslik hamda uning ijtimoiy-ma’naviy va estetik ahamiyatini belgilash hamda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Margaret Drebbl ijodida XX asr ikkinchi yarmi ingliz adabiyotida shakllangan yoshlar ijodiy guruhi, ishchilar romani, ayollar nasri va psixologik romanga xos xususiyatlar qahramonlarning ijtimoiy-ma’naviy, ruhiy izlanishlari orqali asoslangan;
feminizmning ikkinchi oqimi ta’siri ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hosilasi sifatida Margaret Drebbl ijodida badiiy talqin etilganligi isbotlangan;     
ayol obrazining jamiyatda shaxs sifatida tasvirlanishi va asarlarda uning ijtimoiy mavqeini belgilab beruvchi yoshga oid xususiyatlari isbotlangan;
Margaret Drebblning «Qizil libosli qirolicha» romanida tasvirlangan Sharq ayoli mavqeida qirolicha, ona, rafiqa kabi jihatlar mavjudligi dalillangan;
asarda g‘oyaviy-badiiy motivlarni ochuvchi vositalar, ramzlar, poetik serqatlamlilik obrazlar orqali ifodalanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Margaret Drebbl asarlarida ayol obrazi va uning ijtimoiy-estetik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Margaret Drebbl romanlaridagi obrazlar tizimi va adiba asarlari poetikasiga oid xulosalardan FAF1-G040 raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 3/1255-818-son ma’lumotnomasi).  Natijada obrazlarning asarlar kesimi asosida aniqlanishi, yozuvchining badiiy tasvir vositalari va usullar orqali obrazlar xususiyatlarini yoritib berishi mumkinligiga oid zamonaviy adabiyotshunoslik talablaridan kelib chiqib bildirilgan fikrlari tadqiqot mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Margaret Drebbl asarlarida yaratilgan ayol obrazi va uning ijtimoiy-estetik talqiniga oid xulosalardan va ularning milliy-madaniy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat adabiyot muzeyida tashkil etilgan «O‘zbek va dunyo adabiyotida umumbashariy mavzular» nomli ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 3/1255-818-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va tomoshabinlarga ingliz madaniyati va asar tarjimalari, ingliz ayoli obrazi va uning jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratgan;
Margaret Drebbl asarlaridagi ayol obrazi va uning ijtimoiy estetik talqiniga oid xulosalardan AQShning Baffalo shahridagi N`yu York davlat universiteti qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazining «Zamonaviy badiiy adabiyotning yuksalishida gender masalalarning ta’siri» ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (AQShning Baffalo shahridagi N`yu York davlat universiteti qoshidagi Gumanitar fanlarda gender va ayolning ta’lim olish masalalari ilmiy-tadqiqot markazining 2019 yil 18 apreldagi ma’lumotnomasi) Natijada, zamonaviy badiiy adabiyotda turli yoshdagi ayollar obrazi yaratilishi, ularning ijtimoiy maqomi masalalariga oid bildirilgan fikrlari, feministik nazariyalarning badiiy adabiyotda tadqiq etilishiga oid bildirilgan xulosalari loyihaning mazmunini boyitishga va global gender tadqiqotlarning xalqaro darajadagi sifatini ta’minlashga xizmat qilgan;
Margaret Drebbl ijodidagi ayol obrazi uning shaxs sifatida shakllanish masalalari, adiba asarlarining umumbashariy qiymatiga oid ilmiy materiallardan «Madaniyat va ma’rifat» telekanalidagi «Dunyo adabiyoti» ko‘rsatuvining bir qator sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2018 yil 11 yanvardagi 02-16/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz aholisini ingliz adabiyotining zamonaviy namoyandasi Margaret Drebbl asarlari bilan chuqurroq tanishtirish, ularda aks etgan gumanizm g‘oyalarini targ‘ib etishga, ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilgan;
Margaret Drebbl romanlarida yaratilgan ayol obrazi va uning o‘ziga xos xususiyatlariga oid ma’lumotlar Oybek uy-muzeyida tashkil etilgan «Oybek tarjimon» bo‘limini va muzeyning ilmiy-yordamchi fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 01-11-008-4245-son ma’lumotnomasi). Natijada Margaret Drebbl ijodida mavjud bo‘lgan obrazlar xususiyatlari Oybek asarlarida yaratilgan qahramonlarning o‘xshashligiga bog‘liq muhim materiallar o‘zbek adabiyotining yangi qirralarini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish