Shermuxamedov Ulug‘bek Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududida er sirti yaqinidagi ozon miqdorining er usti va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosidagi fazoviy-davriy statistik tuzilishi», 11.00.04–Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Gr75.
Ilmiy rahbar: Arushanov Mixail L`vovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev A’lo Kayumxodjaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Ni Anatoliy Aleksandrovich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida er sirti yaqinidagi va troposfera ozonining miqdorini er usti va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida fazoviy-davriy tarkibini aniqlash hamda dinamik va geliogeofizik tabiatga ega tabiiy omillarning ozon o‘zgaruvchanligiga qo‘shgan hissasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aura sun’iy yo‘ldoshi arxividan troposfera ozoni ma’lumotlarini olish va qayta ishlash algoritmi hamda netCDF va HDF ilmiy formatidagi ma’lumotlarni o‘qish va ular bilan ishlash uchun Matlab tilida skriptlar ishlab chiqilgan;
azot va uglerod oksidlari oqimiga bog‘liq ravishda ozon va uning prekursorlarining o‘zgarishini, tizimning muvozanat, tebranish va tartibsiz holatini aniqlash imkonini beruvchi troposferadagi fotokimyoviy reaksiyalarning nochiziqli modelini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
Toshkentning er usti qatlami uchun troposfera kimyosi modelining koeffisientlarini tanlash asoslangan;
ozon dinamikasiga tashqi (quyosh radiatsiyasi, quyosh faolligining o‘zgarishi va boshqalar) va ichki omillar (harorat, namlik, yog‘ingarchilik, bulutlilik) ta’sirini hisobga olgan holda ozon konsentratsiyasini prognozlash uchun xususiy ildizlar bo‘yicha regressiya modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida troposfera va er usti ozonining fazoviy-davriy o‘zgaruvchanligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aura sun’iy yo‘ldoshidan olingan troposfera ozoni ma’lumotlarini olish va qayta ishlash algoritmi, netCDF va HDF ilmiy formatlaridagi ma’lumotlarni o‘qish va ular bilan ishlash uchun Matlab tilidagi skriptlar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 25-01/630-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2005–2016 yillar uchun er usti ozoni konsentratsiyasi bo‘yicha etishmayotgan ma’lumotlarni ekstrapolyasiya protsedurasi orqali tiklash imkonini bergan;
troposfera ozoni fotokimyoviy reaksiyalarining nochiziqli modelini hisoblash metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 25-01/630-son ma’lumotnomasi). Natijada azot oksidi va uglerod oksidi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda er usti ozonining o‘zgarishini 93% aniqlik bilan aniqlash imkonini bergan;
Toshkentning er usti qatlami uchun troposfera kimyosi modelining koeffisientlari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 25-01/630-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu model` asosida O‘zbekiston hududi uchun O3, SO, NO, NO2, OH va HO2 kimyoviy elementlari konsentratsiyasining o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash imkonini bergan;
ozon dinamikasiga tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olgan holda ozon konsentratsiyasini prognozlash uchun xarakteristik ildizlar bo‘yicha ishlab chiqilgan regressiya modeli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 25-01/630-son ma’lumotnomasi). Natijada ozon konsentratsiyasini prognozlash va tashkilot faoliyatida operativ ravishda foydalanish imkonini bergan.