Qurbonova Muqaddas Omonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davri dostonlari lingvopoetikasi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil170.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Manzuraxon Safarboevna, filologiya fanlari doktori; Jumanazarova Guljahon Umurzakovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: mustaqillik davri yozma dostonlari tilida qo‘llangan lisoniy birliklarning lingvopoetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri dostonlarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonim, paronim kabi turlari, individual neologizmlar, ko‘chim hamda uning turlaridan foydalanish kabi lingvopoetik xususiyatlari ochib berilgan;
dostonlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklarning qahramon tilini individuallashtirishdagi leksik, metaforik ma’no hosil qilishdagi semantik, matn hosil qilishdagi sintaktik, doston janrini belgilashdagi stilistik xususiyatlari aniqlangan;
dostonlardagi ibora, maqol, matal kabi paremik birliklarning matn hosil qiluvchi sintagmatik belgilarining lingvopoetik vazifasi ochib berilgan;
ijodkorlarning o‘ziga xos poetik kashfiyotlari asosida qo‘llanilgan mubolag‘a, sifatlash, o‘xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ko‘chim turlarining asar estetik qimmatini belgilashdagi ahamiyati dalilllangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davri dostonlar tilini tadqiq qilish natijasida olingan xulosalar asosida:
mustaqillik davri dostonlarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonim, paronim kabi turlari, individual neologizmlar, ko‘chim hamda uning turlaridan foydalanishga oid xulosalaridan Andijon davlat universitetida 2007–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-057 raqamli «O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 89-03-2016-son ma’lumotnomasi). Natijada sohaga oid o‘zbekcha terminlar sifat jihatdan ma’lum darajada yangilangan;
dostonlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklarning leksik-semantik, sintaktik-stilistik xosligiga oid xulosalardan Andijon davlat universitetida 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” nomli amaliy grantda foydalanilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 89-03-2672-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy asoslanishiga hamda ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan;
ijodkorlarning o‘ziga xos poetik kashfiyotlari asosida qo‘llanilgan mubolag‘a, sifatlash, o‘xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ko‘chim turlarining asar estetik qimmatini belgilashdagi o‘rniga oid xulosalardan 2016–2019 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” radiokanalida efirga uzatiladigan “Bedorlik” dasturi hamda “Ta’lim va taraqqiyot”, “Ijod zavqi”, “Adabiy jarayon”, “Hamroh” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 12 iyundagi 04-25-1034-son ma’lumotnomasi.) Natijada mazkur radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.