Kadirova Barno Raimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belgi bildiruvchi leksemalarning lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil209.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdimovna,    filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamjanova Xafiza, filologiya fanlari doktori, professor; Qulmamatov Do‘stmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rus va o‘zbek  tillaridagi belgi bildiruvchi leksemalar semantikasini chog‘ishtirish asosida universaliyalar hamda etnomadaniy xususiyatlarni tahlil qilish, belgi ifodalashning umumiy hamda rus va o‘zbek tillariga xos  modellarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillaridagi belgi bildiruvchi leksemalar semantikasida shaxs omili, tafakkuri, madaniy qarashlari o‘z ifodasini topganligi isbotlangan;
“qiyofa”, “xarakter-xususiyat”, “ruhiyat” semali ruscha va o‘zbekcha birliklardagi  universal madaniy semalar aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi belgi bildiruvchi leksemalarning lingvokul`turema sifatidagi konnotativ funksiyalari dalillangan; belgi-xususiyat ifodalashning rus va o‘zbek tillariga xos modellari ishlab chiqilgan;
belgi ifodalashda rus va o‘zbek tillariga xos lakunar va realiya birliklardagi milliy-madaniy o‘ziga xosliklar  asoslangan;
belgi bildiruvchi barqaror birikmalar semantikasini shakllantirishda yadro birliklarning o‘rni ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Belgi bildiruvchi leksemalarning lingvokul`turologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
badiiy matnda mavjud bo‘lgan belgi bildiruvchi leksemalarning lingvomadaniy aspektdagi tahlili natijasida olingan ilmiy xulosalardan A-1-197 raqamli «Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 89-03-3648-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdagi Alisher Navoiy asarlaridan keltirilgan belgi-xususiyat bildiruvchi leksik birliklardan  mazkur loyihaning «Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish»da istifoda etilgan. Natijada ijodkorning belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlardan foydalanish mahorati keng yoritilgan;
“qiyofa”, “xarakter-xususiyat”, “ruhiyat” semali ruscha va o‘zbekcha birliklardagi  universal madaniy semalar bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston rus madaniy markazi tomonidan leksik-grammatik birliklarni o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2019 yil 10 sentyabrdagi 02-175-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari rus va o‘zbek tillaridagi belgi bildiruvchi leksemalarning lingvokul`turologik xususiyatlari bilan tanishish va bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarni oshirishga xizmat qilgan;
fe’l-atvorni ifodalovchi zulmkash, zarqparast, zolim, munbasit kabi hamda rang bildiruvchi leksemalar, qora,oq ranglari semantik tahlilidan ITD-A-1-118 raqamli «Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish» mavzusidagi amaliy loyiha ijrosi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3554-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ilmiy natijalari tegishli lug‘aviy birliklarning izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
shaxs fe’l-atvorini bildiruvchi va rang ifodalovchi leksemalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» tahririyati tomonidan tayyorlangan «Bedorlik» radioeshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 15 martdagi OZ/Q-1-42-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs fe’l-atvori va rang ifodalovchi leksemalarning badiiy matndagi vazifalariga oid ma’lumotlar keyingi eshittirishlar uchun ham manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish