Xolmatov Baxtiyor Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon (Insecta, Orthopteroidea) hasharotlari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/V76.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Jaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.V.39.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Botir Abdushukurovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Shakarboev Erkin Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Pazilov Abduvaeit Pozilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedogogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon hasharotlarining zamonaviy tur tarkibini aniqlash, kadastrini ishlab chiqish va zararli turlarini nazorat qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon hasharotlar faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 7 turkum, 18 oila, 25 kenja oila va 78 avlodga mansub 121 tur va kenja turi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun to‘g‘riqanotsimon hasharotlar katta turkumi vakillaridan 2 avlod, 3 tur va 1 kenja turi, Janubiy O‘zbekiston faunasi uchun esa Orthoptera turkumiga mansub 2 avlod va 7 tur aniqlangan;
to‘g‘riqanotsimonlar faunasining 3 ta landshaft shakllari bo‘yicha shakllanishi va turli agrotsenozlarda tarqalishi isbotlangan;
Janubiy O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon hasharotlarining geografik kenglik va uzunlik kesimida 33 guruhga ajratilgan;
to‘g‘riqanotlilarni tabiiy va antropogen landshaftlardagi miqdori hamda zichligiga asosan 4 ta tasnifi ishlab chiqilgan va hayotiy shakllari bo‘yicha 22 guruhga ajratilgan;
to‘g‘riqanotlilarning Calliptamus turanicu, Calliptamus italicus italicus, Dociostaurus maroccanus qishloq xo‘jalik ekinlari xavfli zararkunandasi ekanligi isbotlangan va Duroniella gracilis, Melanogryllus desertus, Platycleis intermedia, Pyrgomorpha bispinosa deserti turlarining tabiatda trofik aloqalari ochib berilgan;
9 tur to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning tabiatdagi indikatorlik, sanitar-epidemiologik va zararkunandalik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon (Insecta, Orthopteroidea) hasharotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning tarqalishini aks ettiruvchi 8 ta tasnif bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 20 senyabrdagi 03-03/1-3515-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu viloyatlar hududlarida to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning indikator, sanitariya-epidemiologik va zararkunanda turlarining tarqalishini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning Qashqadaryo viloyatida tarqalgan 14 turni, Surxondaryo viloyatida hududida tarqalgan 10 turni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish va kamyob turlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 20 senyabrdagi 03-03/1-3515-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy O‘zbekiston sharoitida antropogen bosim yuqori bo‘lgan hududlarida tarqalgan 121 to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning himoyaga muhtoj 16 ta turining populyasiyalar holatini baholash va ularni saqlab qolish imkonini bergan;
to‘g‘riqanotsimon hasharotlar katta turkumiga tegishli bo‘lgan 119 tur va kenja turlariga mansub 510 nusxa hasharot namunalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Noyob kolleksiyasi fondidan o‘rin olgan (O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 4/1255-2658-son ma’lumotnomasi). Natijada namunalar respublikaning janubiy hududlari bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan;
O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon hasharotlari yuzasidan ishlab chiqilgan informatsion ma’lumotlar bazasi natijalari VA-FA-F5-011 raqamli «O‘zbekiston to‘g‘riqanotsimon (Insecta: Orthopteroidea) hasharotlari» mavzusidagi fundamental loyihada to‘g‘riqanotsimon hasharotlar haqidagi axborotlarni qidirish, kadastrini tuzish hamda mazkur hasharotlar bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 4/1255-2658-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘riqanotsimon hasharotlar areallarini xaritaga tushirish, turlar tarqalgan hududlardagi o‘zgarish jarayonlarini monitoring qilish imkonini bergan;
yog‘och materiallarining termitlar zarariga barqarorligini oshirish maqsadida “Pirilaks” va “Pirilaks-Lyuks” kimyoviy preparatlarining 0,5–1,0% konsentratsiyali eritmalari bilan termitlar tarqalgan hududlarga ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “Kovchun” MFY va Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Istiqlol” MFY hududlarida termitlar tarqalishining oldini olish amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil
25 oktyabrdagi 01-12/1014-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining turar-joy bino va inshootlariga chegaradosh bo‘lgan tabiiy va ochiq er maydonlaridagi termit uyalarida termitlar sonini keskin kamaytirish hamda ularga qarshi biologik samaradorlikni 90,4–97,9%ga oshirish imkonini bergan.