Tagieva Gulsum Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «Xalq bilan muloqotda ijtimoiy hamjihatlik tamoyillarini takomillashtirish», 22.00.02–Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Sots30.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shoxida Marxaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi Dsc.29.12.2018.S.23.04.
Rasmiy opponentlar:Ganieva Marifat Xabibovna, sotsiologiya fanlari doktori; Kalonov Komil Qulaxmatovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalq bilan muloqot jarayoni samaradorligini oshirishda ijtimoiy hamjihatlik tamoyillarini tizimli tadqiq etishning pozitiv imkoniyatlarini nazariy-empirik asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy birdamlik omilining ijtimoiy hamjihatlilikka transformatsiya-lanishiga fikrga ko‘ndirish texnologiyalari (muammoni aniqlash, uning echimini taklif etish, tanlash imkoniyati, savol va e’tirozlar bilan ishlash, tanlovni amalga oshirish) orqali erishilishi mikro, mezo va makro guruhlarga toifalanib namoyon bo‘lishining kommunikativ hamda etnohududiy xususiyatlari asoslangan;
hamjihatlilik omilini ma’naviy-axloqiy (ishonch, hamdardlik, vijdoniylik, hamkorlik, oriyat) tamoyillar asosida takomillashtirishda mental va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, yondashish samaradorligining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati ochib berilgan;
ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashda zarur bo‘lgan har bir fuqaro istagidagi maqbul yondashuv va ijtimoiy voqelik me’yorlari (qonunlar, jamiyat qoidalari) o‘rtasidagi uyg‘unlik va yakdillikni jonli muloqot, kouching, trening usullari orqali shakllantirilishining ijtimoiy zarurati asoslangan;
ijtimoiy hamjihatlilik tamoyillarini (erkinlik, adolat, ishonch, mehr-oqibat, hamkorlik, hamdardlik, g‘urur, o‘zaro hurmat) har bir etnik birlik hudud va sohalarda obro‘-e’tiborli shaxs omili, uning aql-farosati, tashabbuskorligi, fe’li, irodasi negizida ro‘yobga chiqarilishi jamiyatda voqelikka pozitiv yondashuvni kuchaytirishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalq bilan muloqotda ijtimoiy hamjihatlik tamoyillarini takomillashtirish g‘oyalarini tadqiq qilish asosida:
ijtimoiy birdamlik omilining ijtimoiy hamjihatlilikka transformatsiyalanishiga fikrga ko‘ndirish texnologiyalari orqali erishilishi mikro, mezo va makro guruhlarda toifalanib namoyon bo‘lishining kommunikativ hamda etnohududiy xususiyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasining 2018 yil 4 avgustdagi bayonnomasiga asosan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar jarayonida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasining 2018 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi davlat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, turli mehnat jamoalari orasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
hamjihatlilik omilini ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida takomil-lashtirishda mental va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib yondashish samaradorligining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati borasidagi tavsiyasidan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 28 fevraldan 17 martgacha “Oila va jamiyat” mavzusida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01-16/302-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishda aholining turli qatlamlari vakillarining ijtimoiy hayotga ratsional-pragmatik va ma’naviy-aksiologik yondashuvlarini hisobga olish va mutanosib qo‘llashga xizmat qilgan;
ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashda zarur bo‘lgan har bir fuqaro istagidagi maqbul yondashuv va ijtimoiy voqelik me’yorlari o‘rtasidagi uyg‘unlik va yakdillikni jonli muloqot, kouching, trening usullari orqali shakllantirilishining ijtimoiy zarurati borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan aholi muammolarini xonadonma- xonadon o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir jarayonida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasining 2018 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan aholi o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.
ijtimoiy hamjihatlilik tamoyillarini har bir etnik birlik hudud va sohalarda obro‘-e’tiborli shaxs omili, uning aql-farosati, tashabbuskorligi, fe’li, irodasi negizida ro‘yobga chiqarilishi jamiyatda voqelikka pozitiv yondashuvni kuchaytirishiga doir tavsiyasidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir chora-tadbirlar dasturi»ning IV bobi 34-bandida belgilangan ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari, mobil messenjerlar vositasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar, xorijdagi vatandoshlarimiz o‘rtasida keng tushuntirish ishlariga qaratilgan onlayn so‘rovnomalar, muhokamalar va muloqot maydonlari tashkil qilish vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01/015-1017-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ijtimoiy hamjihatlilik tamoyillarini har bir hudud va sohalarda obro‘-e’tiborli shaxs omili negizida ro‘yobga chiqarilishi jamiyatda voqelikka pozitiv yondashuvni kuchaytirish imkonini bergan.