Rahmatova Feruza Abulqosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyaci va metodikaci (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.1.PhD/Ped562.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori; Mahmudov Yusuf G‘anievich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini takomillashtirish, kasbiy tayyorgarligining (faoliyatli, innovatsion, amaliyotga yo‘nalganlik) tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari “Matematika o‘qitish metodikasi” fanini amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalari (debat, trening, ishbilarmonlik o‘yinlari, rolli o‘yinlar)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
matematik tafakkurini rivojlantiruvchi kompetensiyalarini (matematik savodxonlik, mantiqiy tafakkur, matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llash) kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentlikni takomillashtirishga imkon beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish (“Matematika o‘qitish metodikasi” fani misolida) yo‘llari ishlab chiqilgan va talabalarning kasbiy tayyorgarlik jarayoni takomillashtirilgan;
matematik tafakkurini takomillashtirish tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti innovatsion o‘qitishning kolloborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qish, o‘quv loyihalari), kognitiv (kasbiy bilimga yo‘nalganlik) pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabatini aks ettiruvchi hissiy (kasbiy munosabat va ehtiyoj) munosabatni qaror toptirishining komponentlari integratsiyasi ustuvorligi asosida aniqlangan;
matematik tafakkurini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik, kasbiy-pedagogik kreativlikni, didaktik, texnologik integrativ topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, morfologik tahlil, modellashtirish)ni qo‘llash interfaol ta’lim texnologiyalari (CASE study, “SMART texnology”) va didaktik vositalar (“IQ” testlari, muammoli videotopshiriqlar, muammoli masalalar) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
matematik tafakkurini rivojlantirish bosqichlariga oid ilmiy-metodik tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va cport-tarbiyaviy ish” malaka talablari mazmuniga cingdirilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2019 yil 8 avgustdagi 89-03-2950-con ma’lumotnomaci). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish kompetensiyalarining mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini takomillashtirishni baholash mezonlari va darajalari innovatsion ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlariga oid takliflari (“Matematika o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha) o‘qituvchi kompetensiyasiga qo‘yilgan didaktik talablar mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2019 yil 8 avgustdagi 89-03-2950-con ma’lumotnomaci). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi tushunchalari kengaytirilgan.
matematik tafakkur darajasini bahaolash mezon va ko‘rsatkichlariga oid takliflar interfaol ta’lim texnologiyalari (CASE study, “SMART texnology”) vositasida “Matematika o‘qitish metodikasi” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2019 yil avgustdagi 89-03-2950-con ma’lumotnomaci). Natijada matematika o‘qitish metodikasida integrativ metodlar uyg‘unligining didaktik imkoniyati boyitilgan.