Nurxodjaev Anvarbek Koraxodjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prognozlash va qidirish muammolarini hal qilishda erni masofadan zondlashning struktura-geodinamik va geologik asoslari (Tiyon-Shonning G‘arbiy qismi)», 04.00.03–Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya; 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/GM31.
Ilmiy maslahatchilar: Isaxodjaev Baxtiyor Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Umurzakov Raximjan Abdurazakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Mineral resurslari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirkamilov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sodikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Djenchuraeva Rozaliya Djamankulovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, akademik.
Yetakchi tashkilot: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kosmik tasvirlash materiallari bilan geologik-geofizik ma’lumotlaridan kompleks foydalanib, regional geologik ishlar samaradorligini oshirish va istiqbolli maydonlar belgilangan xaritalarning yangi avlodining masofaviy asosini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erni masofadan zondlash materiallarini kuzatuv va avtomatlashtirilgan deshifrovka qilishning ketma-ket to‘rt bosqichdan iborat yangi innovatsion texnologik sxemasi yaratilgan;
orogen va platforma sharoitlarida erning masofaviy tasvirlari fototusi, shakli va spektral ravshanlik xususiyatlari asosida geologik tuzilmalarni aniqlashning yangi usuli yaratilgan;
alohida hududlar bo‘yicha istiqbolli ma’dan maydonlari belgilangan kosmogeologik xaritalashning yangi avlodiga mansub turli miqyosdagi masofaviy asoslar ishlab chiqilgan;
ilk bor kosmik suratlarning infraqizil (issiqlik) turida Farg‘ona botiqligi, Buxoro-Xiva regioni va Surxandaryo megasinklinallarida chuqur issiqlik o‘tkazuvchi kanallar orqali geodinamik holatni aniqlash imkoni mavjudligi isbotlangan;
kosmik tasvirlash materiallarini strukturaviy-geodinamik deshifrovkasi va bashoratlash-qidiruv masalalarini echishda RGB (Red–qizil, Green–yashil, Blue–zangori) tizimidagi kanallarning eng qulay mutonosibliklari aniqlangan;
zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida erni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib, amaliy geologiya masalalarini hal qilishning usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kosmik tasvirlash materiallarini kompleks deshifrovka qilishning yangi texnologik sxemasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1:200 000 miqyosda geologik tasvirlash va izlash bo‘yicha kosmogeologik xaritasi «Markaziy O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspedisiyasi» DK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 17 apreldagi 02/6-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Qizilqum xududlarida Arc GIS 9.2, Global Mapper dasturlari asosida qayta geologik o‘rganish (GDP-50) va chuqur geologik xaritalash ishlari (GGK-100) bo‘yicha istiqbolli maydonlarni aniqlash imkonini bergan;
geologiya qidiruv ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi texnologik deshifrovka usuli «Janubiy-O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspedisiyasi» DKning Sharqiy Kauluk maydonidagi geologik-qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 17 apreldagi 02/6-son ma’lumotnomasi). Natijada Madmon ma’dan maydonida birinchi darajali geologik izlash ishlarini amalga oshirishga imkon yaratgan;
geologik tuzilishni zamonaviy dasturlar asosida o‘rganish ma’lumotlari «Janubiy-O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspedisiyasi» DK tomonidan Yaxton ma’danli maydonida geologiya-qidiruv ishlarining dastlabki bosqichlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 17 apreldagi 02/6-son ma’lumotnomasi). Natijada Yaxton ma’danli maydonida kosmik suratlarning GAT-texnologiyalari yordamida modelini tuzish, tektonik uzilmalardagi ma’danlashuvlarni bashoratlash imkonini bergan.
O‘zbekiston Respublikasining kosmogeologik xaritasi Seysmologiya institutida olib borilayotgan seysmik rayonlashtirish ilmiy ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 5 iyuldagi 2/1255-1752-son ma’lumotnomasi). Natijada regional seysmotektonik izlanishlarni yuqori samaradorlikda olib borishda qulay sharoit yaratish imkonini bergan.