Kalekeeva Tamara Turkmenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash mazmunini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped286.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar  nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud  Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axrarov Baxtiyor Sagdullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbga tayyorlash mazmunini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatika fani xususiyatiga mos amaliy yondashuvlar (kompetensiyaviy, kreativlik, loyihalash, amaliyotga yo‘naltirilganlik)ning hamkorlikda o‘qitish, modulli o‘qitish, ta’lim jarayonini individuallashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyillariga tayanilgan holda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining axborot kompetentligini shakllantirish jarayoni tuzilmasi takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida informatikani o‘qitish metodikasi reproduktiv, produktiv jarayonlarda fanning rivojlanish bosqichlariga mos didaktik imkoniyatlarini (mul`timedia darsliklari, interfaol plakatlar, ijtimoiy tarmoq resurslari, virtual laboratoriyalar) kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
“Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishining mazmuni bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini mustaqil fikrlash, kreativlik, tashabbuskorlik, loyihalash, o‘zini o‘zi rivojlantirish omillariga, talabalarning moslashuvchanlik, kommunikativlik, intellektuallik, ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatlarini qiziqarli va murakkab masalalarni echishga yo‘naltirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashning kasbiy, motivatsion, o‘zini o‘zi rivojlantirish, namoyon qilish, boshqarish va baholash texnologiyalariga oid ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar tizimli yondashuv (ketma-ketlik, algoritmik, muvofiqlik, mazmunli faoliyatli) amaliyoti asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi mazmunini takomillashtirish va bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil fikrlash, kreativlik, tashabbuskorlik, loyihalashga tayyorlash bo‘yicha takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 10 martdagi 84-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5110700–“Informatika o‘qitish metodikasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (“O‘zstandart” agentligining 2014 yil 26 fevraldagi qarori bilan tasdiqlanib, O‘z DSt 36.1357-sonli raqam bilan Davlat ro‘yxatiga olingan).  Natijada “Informatika o‘qitish metodikasi” o‘quv fani mazmunini va bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
informatika fanini o‘qitish xususiyatlari, kompetensiyaviy, kreativlik, loyihalash, amaliyotga yo‘naltirilganlik kabi empirik yondashuvlar, hamkorlik, individuallashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyillari shartlari, motivatsion, o‘zini o‘zi rivojlantirish, namoyon qilish, boshqarish va baholash texnologiyalariga oid takliflardan 2015–2017 yillarda amalga oshirilgan PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 89 03 4170-son ma’lumotnomasi). Natijada ular bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida zarur kompetensiyalarini rivojlantirishga va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarni algoritmlash, dasturlash tillari va olimpiada masalalarini echishga tayyorlash jarayonida ularning dasturlashga oid motivatsiyalarini shakllantirish, o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltiruvchi takliflari asosida “Informatika fanidan olimpiada masalalarini echish” (2010), “Algoritmlash va dasturlash tillari fani bo‘yicha laboratoriya ishlari” (2013) nomli o‘quv uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyul`dagi 89-03-2733-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda algoritmlash va dasturlash kompetensiyalarni shakllantirish, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish