Xolmirzaeva Madinaxon Akramjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarligining ayrim ko‘rsatkichlarini tavsiflash (Andijon viloyati misolida)», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B251.
Ilmiy rahbar: Zaynabiddinov Anvar Erkinjanovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Shokirjon Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matchanov Azad Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida turli xil geografik-iqlim mintaqalarida joylashgan maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish/tayyorgarlik darajasini solishtirma tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyatining geografik mintaqalarda yashovchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik ko‘rsatkichlarida yoshga hamda yashash joyiga bog‘liq holda statistik ishonarli farqlar mavjudligi aniqlangan;
ilk bor kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jimoniy rivojlanganlik  va tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining o‘sish tempi bir vaqtda hamda bir tekisda ketmasligi kuzatilib, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi uzunligi, 30 metr masofaga yugurish test-mashqi 9–11 yoshda, bo‘y uzunligi  qo‘l dinamometriya va uzunlikka sakrash mashqi ko‘rsatkichlari 7–9 yoshda o‘sish tempining yuqori bo‘lishi aniqlangan;   
cho‘l, adir va tog‘ oldi zonalarida joylashgan maktablar ketma-ketligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida (7–11 yosh) yurakning qisqarish chastotasi (marta/min.) chiziqli kamayishi, arterial qon bosimi esa (sist./diast.) ortishi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida (7–11 yosh) antropometrik ko‘rsatkichlarning standart/me’yorlarini tuzib chiqish, tibbiy/pedagogik korreksiya, profilaktika chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqishda, iqlim-geografik sharoitlarga bog‘liq omillarning ta’sirini hisobga olish asosida differensial yondashish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik darajasini solishtirma tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyatining turli geografik mintaqalarida joylashgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridagi yoshga hamda jinsga bog‘liq farqlari BV-Atex-2018-543 raqamli «Yuqori malakali sportchilar salomatligi holatiga oid xavfli omillarni har tomonlama baholashning axborot modellarini ishlab chiqish»  mavzusidagi loyihada yosh sportchilarda antropometrik ko‘rsatkichlarning standart/me’yorlarini tuzish, tibbiy/pedagogik korreksiya, profilaktika chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqishda iqlim-geografik sharoitlarga bog‘liq omillarning ta’sirini hisobga olish asosida differensial yondashish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil  sentyabrdagi 03-07-08-3618-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali sportchilar salomatligi holatiga oid xavfli omillarni baholash imkonini bergan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining o‘sish tempi bir vaqtda hamda bir tekisda ketmasligiga oid ma’lumot va xulosalar asosida «5140100–biologiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Yosh fiziologiyasi va gigienasi» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Guvohnoma, №394-238). Natijada bakalavrlarning fiziologiya sohasidagi bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish