Abdullaev Axror Jaxbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish strategiyasi (Toshkent viloyati misolida)», 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti; 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt878.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.I.16.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Yoziev G‘olibjon Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish sohasida KBXTni faollashtirish strategiyasi va ustuvor yo‘nalishlarini asoslash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi qurilish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish strategiyasi turli hajmdagi qurilish korxonalari uchun texnik-iqtisodiy jihatdan alohida va o‘zaro hamkorlikda bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan qurilish ob’ektlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan nisbatan samarali bajarilishi mumkin bo‘lgan qismini autsorsing orqali ixtisoslashtirish asosida qurilish sohasi iqtisodiy samaradorligini ta’minlash asoslangan;
hududning olis, tog‘li, etib borish qiyin bo‘lgan chekka joylarida qurilish ishlarini bajaruvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moddiy-texnik, konsul`tativ hamda me’yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi “mobil` davriy monitoring guruhi” faoliyatini  yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
viloyatda qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
hududdagi qurilish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish strategiyasi turli hajmdagi qurilish korxonalari uchun texnik-iqtisodiy jihatdan alohida va o‘zaro hamkorlikda bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan qurilish ob’ektlarini belgilash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent viloyatida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 17 maydagi 01/SE-10-18-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyatida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining samaradorligini 10 foizga oshirishga erishilgan;
yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan nisbatan samarali bajarilishi mumkin bo‘lgan qismini autsorsing orqali ixtisoslashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Toshkent viloyatida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 17 maydagi 01/SE-10-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o‘rtacha yillik daromadi 8 foizga oshishi ta’minlangan;
hududning olis, tog‘li, etib borish qiyin bo‘lgan chekka joylarida qurilish ishlarini bajaruvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moddiy-texnik, konsul`tativ hamda me’yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi “mobil` davriy monitoring guruhi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan taklif Toshkent viloyatida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 17 maydagi 01/SE-10-18-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlarining harajatlari o‘rtacha 6 foizga kamaytirish imkonini bergan;
viloyatda qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatini prognoz qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 17 maydagi 01/SE-10-18-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Toshkent viloyati qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining 2020–2025 yillarda qurilish-montaj ishlari hajmini hamda kichik korxonalar sonini oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining aniqligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish