Risyukova Yuliya Vasil`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kasb ta’limi» yo‘nalishi talabalarida ilmiy-metodik web-faoliyatni shakllantirish», 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped864.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami:  Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Abduxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari “Kasb ta’limi” yo‘nalishi talabalarida ilmiy-metodik web-faoliyatni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchining pedagogik faoliyatida ilmiy-metodik web-faoliyat belgilanib, uning mazmuni va tarkibi zamonaviy web-texnologiyalar muhitida ilmiy tadqiqot va metodik faoliyatning ma’lumotlarni    individual tartibda jamlash, bulutli saqlash, asinxron almashinuv, hamkorlikda tahrirlash va muloqot qilish, ijtimoiy qo‘llash va baholash kabi komponentlarini belgilash asosida aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalarida on-line/off-line dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi o‘quv jarayoniga web-kvest-mashg‘ulotlarning web-kvest-vazifalar bilan jamoaviy tanishtirish, uning qismlarini individual tarzdagi rolli ijro, web-kvest-mahsulotni guruh bilan yaratish hamda uni ijtimoiy nuqtai nazardan baholash kabi tarkibiy komponentlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ilmiy-metodik web-faoliyatning shakllantirilganligi darajasini baholash mezonlari reproduktiv-metodik, produktiv-metodik, tadqiqot-metodik faoliyatni o‘zlashtirish darajalari taksonomiyasini hisobga olgan holda belgilangan;
talabalarda ilmiy-metodik web-faoliyatning shakllantirish uchun «Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish» va «Kasbiy pedagogika» o‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv-metodik ta’minoti pedagogik xarakterga ega bo‘lgan tadqiqiy web-kvestlarni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Kasb ta’limi» yo‘nalishi talabalarida ilmiy-metodik web-faoliyatni shakllantirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarining ilmiy-metodik web-faoliyatini mazmuni, shakllantirish metodikasi va baholash bo‘yicha takliflar, shakllanganlikning tarkibi, mazmuni va baholash mezonlari 5330400 – «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta’lim» yo‘nalishi davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3484-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta’lim» yo‘nalishi  talabalarining bilim va ko‘nikma darajalari oshgan;
oliy ta’lim muassasalarda web-kvest-mashg‘ulotlarlarni web-kvest-vazifalar asosida o‘tkazish bo‘yicha takliflar “Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga sindirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3484-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari amaliyotida elektron o‘qitish texnologiyalari joriy qilingan, bu esa yosh avlodning axborot kompetentligini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
pedagogik xarakterga ega bo‘lgan tadqiqiy web-kvestlarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar YoA1-OT-0-16695  raqamli “Elektron o‘quv-metodik materiallarni rivojlantirish orqali o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi loyihasida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3484-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarda elektron o‘qitish keys va loyiha metodlari hamda  kvest vositalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish