Saitqosimov Akbar Isaxonovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jamiyatini barpo etishda ijtimoiy sohani innovatsion  rivojlantirish  qonuniyatlari”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fnanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSs/Fal41.
Ilmiy maslahatchi: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Chorievich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Norqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqarolik jamiyati qurilishida ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirishning ahamiyati, tamoyillari  va qonuniyatlarini ochib berish, uni ijtimoiy falsafa fani nuqtai nazaridan ilmiy tahlil etish, ijtimoiy soha jamiyatni asosiy sohalaridan biri sifatida innovatsion rivojlantirish omillarini tadqiq etish, innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslarini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy soha innovatsiyalashuvi, uning substansional negizlari (sotsial hayot sferasi, inson mikro va makrobirliklari), innovatsion g‘oyalar amaliyotidagi mavjud muammolarning xususiyatlari (innovatsion passivlik, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi beqarorlik) “novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalari doirasida asoslab berilgan;
jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish jarayonida davlat va jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni ta’minlash bo‘yicha sohaga oid innovatsiyalarning kompleks, hududiy, mahalliy, strategik, taktik, moddiy, madaniy, ijtimoiy va tashkiliy turlari kategorial tarzda klassifikatsiya qilingan;
jamiyatda innovatsiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish, innovatsiyalar natijalarini davlat innovatsion siyosati amaliyotiga moslashtirish, “inson-ilmiy jarayon-innovatsiya” tizimi, ijtimoiy sohadagi innovatsion amaliyotni tashkil etuvchi mexanizm shakllari (“innovatsion ehtiyoj”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion resurs”)ning deterministik jihatlari tizimlilik va izchillilik yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
“innovatsion tafakkur”, “innovatsion ijodkorlik”, “innovatsion faollik” va “innovatsion tashabbuskorlik” mezonlari orqali yoshlar ijtimoiy hayotidagi muammolarni echishning innovatsion usuli bo‘lgan “kreativlik”, “ijodiy faollik”, “evristik echim” singari xususiyatlari ochib berilgan;
ijtimoiy sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning strategik, taktik, tasodifiy va davriy yo‘nalishlari “ijtimoiy sohani innovatsion rivojlanishining substansional bir butunligi qonuni”  vositasida takomillashtirilgan;
ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirishning vorisiylik, o‘zgaruvchanlik, saralanish, notekislik, takrorlanish, moslashuvchanlik va o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlari sinergetik paradigmaning murakkablik va soddalikning birligi tamoyili asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda ijtimoiy sohani innovatsion rivojlanish qonuniyatlarini  tadqiq etish asosida:
“novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalarini mazmun-mohiyatini ochib berish, innovatsiyaning turlari va tasnifini  ijtimoiy-falsafiy jihatdan ilmiy asoslash, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga jorish etishda mavjud muammolarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini aniqlashtirish, ta’lim-tarbiya tizimini innovatsion rivojlantirish borasida ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot ishi natijalaridan «Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi» darsligini tayyorlashda foyda-lanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 89-03-2345-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsiyaning turlari va tasnifini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ilmiy asoslash va ta’lim-tarbiya tizimini innovatsion rivojlantirish borasida ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish jarayonida davlat va jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni ta’minlash bo‘yicha innovatson takliflar ishlab chiqishga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” nomli 57-11/78 raqamli grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2019 yil 31 maydagi 18/8-543-son ma’lumotnomasi). Natijada joylarda ijtimoiy muammolarni innovatsion asosda hal etishda ijtimoiy sheriklikni joriy etishda samaradorlikka erishilgan;
innovatsiyalarning jamiyatdagi o‘rni, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini kuchaytirish, jamiyatda innovatsilarni joriy etishni muvofiqlashtirish, oliy ta’limda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida yaratilgan ilmiy yangiliklar, ilmiy ishlanmalar, ixtirolar, patentlar uchun toifalashgan rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, ilmiy innovatsion rivojlantirishni samarali tashkil etish uchun “inson-ilmiy jarayon-innovatsiya” tizimini hayotga tatbiq etishga oid konstruktiv taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2018 yil 8-fevraldagi IX plenimuning 4-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Amaliy harakatlar dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2019 yil 4 iyundagi 01-04/184-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi partiyaning saylovoldi va amaliy harakatlar dasturlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish uslublarini yaxshilashga xizmat qilgan;
jamiyat hayotining asosiy qatlami bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan yoshlarni rag‘batlantirishning innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqishga oid ilmiy-amaliy taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 fevraldagi “Yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilishining 01-07/1-1593-son bayoni 6-ilovasi “Yoshlarning bandligini ta’minlash, hayotda o‘z yo‘lini topishga qiynalayotgan yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 16 maydagi 04-13/2315-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturda belgilangan vazifalarning yakuniy xulosalari takomillashtirilgan va chora-tadbirlarning nazariy-metologik asosi mukammallashti-rilgan;
ijtimoiy muammolarni hal etish doirasida tahliliy tadqiqotlar va sotsiologik so‘rovlarni amalga oshirish, ularni ijtimoiy texnologiyalar va uslublar orqali hal etish borasida jamoatchilik nazoratini shakllantirish, davlat va jamoat tashkilotlariga innovatsion takliflar kiritishga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi 46-11/50 raqamli grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2019 yil 31 maydagi 18/8-543-son ma’lumotnomasi). Natijada joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning targ‘ibot yo‘nalishlarini aniqlashtirib olishga xizmat qilgan;
ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirishning vorisiylik, o‘zgaruvchanlik, saralanish, notekislik, takrorlanish, moslashuvchanlik va o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlari asos qilib olingan ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019 yilda o‘tkazilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2019 yil 4 oktbrdagi 15/401-son ma’lumotnomasi). Bu esa uyushma faoliyatini innovatsion rivojlantirishda strategik, kompleks, hududiy, mahalliy, tashkiliy va madaniy jihatdan ustuvor ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalarni aniqlashtirib olinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish