Inoyatov Mahmud Bafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda inson omili”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.PhD/Ss83.
Ilmiy rahbar: Quranbaev Qahramon Qo‘chqorovich, siyosiy fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda inson omilining ahamiyatini ochib berish bilan birga uni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy paradigmalar doirasida jamiyatni demokratlashtirishga oid kategorial ta’riflar zamonaviy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda inson omilining spesifik xususiyatlari mavjudligini asoslash orqali takomillashtirilgan;
jamiyatning demokratlashganligi va unda inson omili kategoriyasi jamiyatning erkinligi, boshqaruvning legalligi va legitimligi, davlat va xalq o‘rtasida o‘zaro ishonchning mavjudligi, qonunlarda mental xususiyatlarning inikosi, tashqi siyosatda ochiqligi, fuqarolarning hur fikrliligi kabi indikatorlarni kiritish asosida ochib berilgan;
mamlakatda demokratik islohotlar, jamiyat a’zolari ijtimoiy tafakkurida transformatsiyalashuv (ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, manfaatdorlik hamda loqaydlik va boqimandalikdan qutilish kabi) ijtimoiy so‘rovnomalar dinamikasi orqali asoslab berilgan;
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti va jahon hamjamiyatidagi nufuzining ortib borishida inson omili faktori hamda demokratiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi xalqaro reyting indikatorlari bo‘yicha asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishni amalga oshirish va jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda inson omilini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ijtimoiy-siyosiy paradigmalar doirasida jamiyatni demokratlashti-rishga oid kategorial ta’riflarni zamonaviy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda inson omilining spesifik xususiyatlari mavjudligini asoslash orqali takomillashtirishga doir xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2019 yil uchun mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 10-(Davlat xizmatiga demokratik talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish), 18-(Jamiyat hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari ta’sirchanligini yanada oshirish) hamda 58-, 69-, 72-, 73-bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqilishida keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 01-27/815-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning 2019 yil 22 dekabrda saylov jarayonlariga faol tayyorgarlik ko‘rish ishlarini yanada samarali tashkil etish imkonini bergan;
jamiyatning demokratlashganligi va unda inson omili kategoriyasi jamiyatning erkinligi, boshqaruvning legalligi va legitimligi, davlat va xalq o‘rtasida o‘zaro ishonchning mavjudligi, qonunlarda mental xususiyatlarning inikosi, tashqi siyosatda ochiqligi, fuqarolarning hur fikrliligi kabi indikatorlar bilan belgilanishiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2019 yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan ish rejasining 10-, 17-, 18-, 23-, 31-bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqilishida shuningdek, targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 04-06/253-1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish, jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish hamda yoshlarda mamlakatimizdagi keng ko‘lamli demokratik islohotlarning mohiyati borasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
mamlakatda demokratik islohotlar, jamiyat a’zolari ijtimoiy tafakkurida transformatsiyalashuv ijtimoiy so‘rovnomalar dinamikasi orqali asoslab berilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan 2018 yil uchun mo‘ljallangan yillik ish rejasining 28, 32, 34, 50, 66, 74, 106-bandlarini shakllantirishda hamda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari”, “Yoshlar kelajak – bunyodkori”, “Yosh vatandoshlar”, “Yoshlar poezdi” targ‘ibot aksiyasi doirasida tashkil etilgan “Istiqlol farzandlari” festivallari dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 18 oktyabrdagi 04-13/4762-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yoshlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ertangi kunga ishonch hissining ortib borishi, yuksak siyosiy-axloqiy fazilatlarning rivojlantirishga hamda ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti va jahon hamjamiyatidagi nufuzining ortib borishida inson omili faktori hamda demokratiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi xalqaro reyting indikatorlari bo‘yicha asoslanganligiga oid ilmiy-amaliy xulosalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining 2020 yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 1, 5-bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqilishi va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2019 yil 23 oktyabrdagi 1758/19-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalardan foydalanilishi natijasida fuqarolarimizning Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini yanada oshishiga, xorijda yashayotgan vatandoshlarimizni o‘zligini anglashga, ularni sa’y-harakatlari va kuchlarini vatan uchun safarbar etishga hamda daxldorlik hissini oshirishga xizmat qilgan.