Amonov Baxtiyor Axtamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyatni modernizatsiyalash konseptual modellarining siyosiy-falsafiy tahlili», 23.00.01–Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Ss28.
Ilmiy rahbar: Otamuratov Sadulla Otamuratovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatni modernizatsiyalashning nazariy-metodologik asoslarini namoyon bo‘lish xususiyatlarini ilmiy-nazariy tizimlashtirish va takomillashtirish yuzasidan ilmiy-konseptual xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini jamoatchilik muhokamasi asosida ta’minlash mexanizmlari (metodika, baholash indikatorlari) ishlab chiqilgan;
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar jarayonida «an’anaviy jamiyat» va «zamonaviy modernizatsiyalashgan jamiyat» tushunchalari siyosiy mazmunida xususiy mulk, bilim va innovatsiya omilining ustuvorlik kasb etishi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda davlat+NNT, davlat va siyosiy partiya, fuqaro+elektron hukumat kabi ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini davr talabi asosida takomillashtirib borish muhim o‘rin tutishi asoslangan;
globallashuv sharoitida davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining modernizatsiyalash jarayonini rivojlantirish vazifalari (empirik, strategik, tizimlilik) transformatsion chaqiriqlar ob’ektiv holati ta’sirida amalga oshishi ishlab chiqilgan;
davlat va nodavlat tashkilotlarining jamiyat siyosiy boshqaruv tizimini muvofiqlashtiruvchi konstruktiv institut sifatidagi samarali ijtimoiy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatni modernizatsiyalashning konseptual modellarining siyosiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va asoslangan xulosalar asosida:
O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini jamoatchilik muhokamasi asosida ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (PROON) loyihasi tomonidan «Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiyalash» konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (BMT Taraqqiyot Dasturi «Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash» loyihasining 2017 yil 23 noyabrdagi 25-11/2017-son ma’lumotnomasi). Natijada «Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish: xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi islohotlar» nomli to‘plam (2017), tadqiqotchining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash mexanizmlari” (2017) nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, chop etilgan. Mazkur konsepsiya va uslubiy qo‘llanma davlat boshqaruvida legallik, legitimlik, ochiqlik, shaffoflik kabi tamoyillarga amal qilish konseptual ahamiyat kasb etishiga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar jarayonida «an’anaviy jamiyat» va «zamonaviy modernizatsiyalashgan jamiyat» tushunchalari siyosiy mazmunida xususiy mulk, bilim va innovatsiya omilining ustuvorlik kasb etishi asoslab berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yil ish rejasidagi ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 17 apreldagi 04-13/1798-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar shaxsga yo‘nalganlik, alohida muloqotni kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda davlat+NNT, davlat va siyosiy partiya, fuqaro+elektron hukumat kabi ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini davr talabi asosida takomillashtirib borish muhim o‘rin tutishi ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan 2014 yilda «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoat tashkilotlarida muhokama qilish jarayonida foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2017 yil 1 noyabrdagi 04/5-06-250-son ma’lumotnomasi). Mazkur qonun davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining modernizatsiyalash jarayonini rivojlantirish vazifalari transformatsion chaqiriqlar ob’ektiv holati ta’sirida amalga oshishiga oid taklif va tavsiyalardan 2018 yil uchun ishlab chiqilgan ish dasturining «7. Milliy, diniy qadriyatlar, ularning jamiyat hayotiga ta’siri va yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish usullari»; «53. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida erishgan yutuqlarni targ‘ib qilish mexanizmlarini ishlab chiqish» bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 23 apreldagi 02/09-406-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar yoshlar ongiga siyosiy madaniyat va diniy bag‘rikenglik g‘oyasini singdirish, ijtimoiy faol bo‘lish ko‘nikmasini orttirishga xizmat qilgan;
davlat va nodavlat tashkilotlarining jamiyatni siyosiy boshqaruv tizimini muvofiqlashtiruvchi konstruktiv institut sifatidagi samarali ijtimoiy faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ilgari surilgan takliflar Elektron hukumat tizimi va davlat interaktiv xizmatlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o‘quv markazining 2019 yil 4 martdagi 1241/01-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar uzoq yillarga mo‘ljallangan milliy rivojlanish konsepsiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.