Raupova Nodira Baxromovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy Tyan`-Shan` vertikal zonallikda tarqalgan tuproqlarining hozirgi ekologik-genetik jihatlari va unumdorligini oshirish yo‘llari», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/V51.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Sa’dulla Abdullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isaqov Valijon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Zaxro Rahmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarida shakllangan, eroziyaga uchragan asosiy tuproqlar tip va tipchalarida gumus hosil bo‘lishida tabiiy va antropogen omillarning ta’sirini tavsiflash hamda ushbu tuproqlarning gumusli holatidagi miqdor va sifat o‘zgarishlarining yo‘nalishi va intensivligini aniqlash, uni baholashning ilmiy asoslangan mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arbiy Tyan`-Shan` vertikal zonallikda tarqalgan tog‘ jigarrang va bo‘z tuproqlarining gumusli holati, gumus hosil bo‘lish mexanizmining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
vertikal zonallik qonuniyati bo‘yicha taqsimlangan eroziyalangan tuproqlarning har bir tipi va tipchasi tuproqlari gumusining guruhiy va fratsiyaviy tarkibi bo‘yicha o‘ziga xos farqlanishlari aniqlangan;
gumus kislotalarining eroziyalanish darajasiga bog‘liq fizik-kimyoviy xususiyatlari, optik zichligi, koagulyasiya chegaralari va gumusning element tarkibi aniqlangan;
eroziya darajasiga bog‘liq ravishda tuproqlarning biologik faolligi bilan gumus kislotalari va gumifikatsiya darajasi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
gumus moddalarining shakllanishi, gumus tarkibi va yillar davomida o‘zgarish dinamikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy Tyan`-Shan` vertikal zonallikda tarqalgan tuproqlarining hozirgi ekologik-genetik jihatlari va unumdorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sug‘oriladigan va lalmi eroziyalangan bo‘z tuproqlarning gumusli holati va unumdorligini oshirish yo‘llariga doir tavsiyalar» Toshkent viloyati er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 02/032-1726-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ va tog‘ oldi mintaqasi tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, noqulay rel’efli, eroziyalangan hududlar tuproqlaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda ilmiy asosdagi qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
eroziyaga uchragan sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarni eroziyadan muhofazalash, gumusli holatini tiklash va biologik faolligini oshirish bo‘yicha agrotadbirlar Toshkent viloyatining Ohangaron tumani «Akrom» fermer ho‘jaligining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning 33 gektar maydoniga, Bo‘stonliq tumanidagi «Mubina Zinnura Fayz» fermer xo‘jaligi lalmi to‘q tusli bo‘z tuproqlarining 8 gektar ekin maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 02/032-1726-son ma’lumotnomasi). Natijada turli darajada eroziyalangan tuproqlarning gumusli holati yaxshilangan, kuzgi bug‘doydan har gektariga 3,0–4,0 sentner qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
gumus tipi kartogrammasi va eroziya xaritasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Bug‘doyquduq massivi sug‘oriladigan tipik bo‘z hamda Bo‘stonliq tumanidagi Bo‘stonliq massivi lalmi to‘q tusli bo‘z tuproqlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 02/032-1726-son ma’lumotnomasi) Natijada kartografik ma’lumotlardan qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri joylashtirishda, agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqish hamda eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish imkonini bergan.